“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:51
ЎЗO‘Z

Dam olish kunlari sovuq havo chekinib, harorat ko‘tarilishi kutilyapti

23 okt, 14:13 2 571 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dam olish kunlari sovuq havo chekinib, harorat ko‘tarilishi kutilyapti Respublika Gidrometeorologiya xizmati kelayotgan dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Kecha O‘zbekiston hududiga Uraldan sovuq havo oqimi kirdi. Butun respublika hududi bo‘yicha bulutlilik ortdi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yomg‘ir, baland tog‘li hududlarda qor yog‘di. Toshkent va Namangan viloyati tog‘larida 2000 m dan yuqori zonalarda qor qoplami hosil bo‘ldi. O‘tgan issiq davr bilan solishtirganda havo harorati 8-10 darajaga pasaydi.

Bugun O‘zbekiston hududi sovuq havo oqim ta’sirida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi, tog‘li va tog‘oldi hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir, qor yog‘adi. Harorat 13-18 daraja atrofida bo‘ladi.

Ertaga havo oqimi sharqqa tomon siljiydi. Yog‘ingarchilik ehtimoli faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlaridagina saqlanib turadi. Mamlakatimiz hududi ustida bulutlilik saqlanib turishi hisobiga ertaga harorat o‘zgarmaydi.

Yakshanba kuni janubi-g‘arbiy oqimlar hisobiga sovuq havo O‘zbekiston hududidan chekinadi. Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va quruq bo‘ladi. Kechasi harorat 3-6 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 17-20 darajagacha isiydi, bunday harorat me’yoriy qiymatlardan biroz past.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 136
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 542
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar