“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:28
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Xitoy vaksinasini xarid qilishda ustuvorlikka ega bo‘lishi mumkin

22 okt, 21:17 2 254 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Xitoy vaksinasini xarid qilishda ustuvorlikka ega bo‘lishi mumkin 21 oktabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini O‘zbekistonda tashkil etish masalasi bo‘yicha Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti va «Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical» kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan va hozirda klinik sinovda o‘tayotgan vaksina koronavirus yuza antigenining genetik-muhandislik oqsili bo‘lib, u adenovirus hamda inaktivlashgan vaksina turlari bilan taqqoslanganda yuqori darajada xavfsiz hisoblanadi. Genetik-muhandislik oqsili zararlangan organizmda aynan unga qarshi antitanachalar ishlab chiqaradi.

Muzokaralar davomida o‘tkaziladigan klinik sinovlarning barcha bosqichlari muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, O‘zbekiston ushbu vaksinani birinchilardan bo‘lib hamda arzon narxlarda xarid qilishda ustuvorlikka ega bo‘lishi ta’kidlandi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari xitoylik hamkorlar bilan emlash jarayonini tashkil etish, jarayonga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi. Klinik sinovlar 18 va undan katta yoshdagi ko‘ngilli insonlarda o‘tkazilishi kutilmoqda. Sinov boshlanishidan oldin Xitoy Xalq Respublikasi vakillari tomonidan emlash shartlarini tushuntirishga qaratilgan bir qator treninglar o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 67
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar