“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:35
ЎЗO‘Z

2021 yilda O‘zbekiston koronavirus bilan kurashish uchun 290 million dollar ajratadi

20 okt, 16:55 2 177 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2021 yilda O‘zbekiston koronavirus bilan kurashish uchun 290 million dollar ajratadi 2021 yilda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasiga qariyb 20 trillion so‘m (1,9 milliard dollardan ko‘proq), shundan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun 3 trillion so‘m (290 million dollar) hamda dori-darmon xaridiga 1,8 trillion so‘m (174 million dollar) sarflaydi.

Bu haqda 19 oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yilga mo‘ljallangan davlat budjeti parametrlari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Shavkat Mirziyoyev kelgusi yilgi budjetni rejalashtirishda pandemiyaning davom etishi, jahondagi iqtisodiy faollik pasayishini inobatga olish kerakligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, kelgusi yilda ilk bora onkogematologiyaga qariyb 90 milliard so‘m (8,6 million dollar) ajratiladi. Shuningdek, tamaki savdosidan olingan aksiz solig‘ining 7 foizi Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi.

Shu bilan birga, kelgusi yilda birinchi marta gemodializga muhtoj kasallarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini 100 foizga yetkazish uchun 130 milliard so‘m (12,5 million dollar) yo‘naltiriladi.

Yig‘ilishda aytilishicha, pandemiya sharoitida ijtimoiy sohaga ajratiladigan xarajatlar joriy yilga nisbatan kamida 15 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Jumladan, keyingi yilda maktabgacha ta’lim qamrovi darajasini 70 foizga, bunda xususiy sektor ulushini 25 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Xalq ta’lim vazirligiga budjetdan ajratmalar 16 foizga oshiriladi.

Maktablarni tezkor internetga ulash bo‘yicha birinchi marta budjetdan 100 milliard so‘m (9,6 million dollar), jihozlashga 200 milliard so‘m (19,2 million dollar) yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 19 oktabr kuni mamlakatda 304 holatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holati qayd etildi. 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 531 nafarga yetdi. Kasallik qayd etilgan jami 63 607 nafar bemordan 60 717 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar