“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 04:39
ЎЗO‘Z

Toshkent viloyatida YPX komandiriga 350 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

18 okt, 10:49 2 087 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent viloyatida YPX komandiriga 350 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi Toshkent viloyatida YPX komandiriga pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda «Daryo»ga viloyat IIBB YHXB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori, safdor J.Ilhomov «VAZ-2106» rusumli davlat raqam belgisi 10K 804 RA bo‘lgan transport vositasining haydovchisi xavfsizlik kamarini taqmasdan kelayotgani uchun to‘xtatadi.

Tekshiruv jarayonida esa haydovchi spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda mashina boshqarayotganligi ma’lum bo‘ladi. Inspektor unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yadi.

Bu qoidabuzarlik uchun katta miqdorda jarima to‘lashini, haydovchilik huquqidan mahrum etilishini bilgan haydovchi I.Burkeyev muammo yechimining noqonuniy yo‘llarini izlashni boshlaydi va aybini pora evaziga berkitmoqchi bo‘ladi.

Shu maqsadda Toshkent viloyati IIBB YHXBning 3-mintaqaviy hudud yo‘l-patrul xizmati otryadining komandiri Farhod Musayevga murojaat qiladi. Musayev bu haqda IIVning O‘XB Toshkent viloyati bo‘limiga bildirgi yozadi.

Holat yuzasidan xavfsizlik xizmati xodimlari yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan zudlikda tezkor tadbir o‘tkazib, fuqaro A.R.ni otryad komandiriga bir million to‘rt yuz ming so‘m va 210 AQSH dollarini pora sifatida berayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Piskent tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Avvalroq Samarqandda tibbiyot oliygohiga kiritib qo‘yishni va’da qilib, abituriyentdan 7 ming dollar olgan stomatolog, Samarqandda Malibu’sini jarima maydonchasidan chiqarib berish uchun IIB xodimiga 400 dollar taklif qilgan shaxs va Shahrisabzda mashinasini jarima maydonidan chiqarish uchun tuman YHXB boshlig‘iga pora berayotgan haydovchi qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 136
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 542
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 123
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 329
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar