“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:26
ЎЗO‘Z

«Bir fikrni hamisha katta armon bilan o‘ylayman» — Prezident o‘qituvchi va ziyolilarga murojaat qilmoqda (foto)

30 sen, 16:44 2 838 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bir fikrni hamisha katta armon bilan o‘ylayman» — Prezident o‘qituvchi va ziyolilarga murojaat qilmoqda (foto) Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Ta’kidlash joizki, ushbu bayram ilk bor davlat rahbari ishtirokida o‘tyapti. Bu – ta’lim va tarbiya masalasi alohida ustuvor yo‘nalish darajasiga ko‘tarilganining yaqqol dalili.

– Biz har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijalarga erishgan bo‘lsak, bu yutuqlarda sizlarning beqiyos hissangiz borligini doimo minnatdorlik bilan e’tirof etamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev tadbirga yig‘ilgan o‘qituvchi va ziyolilarga murojaatini boshlar ekan.

Haqiqatan ham, inson tarbiyasida, kamolotida ustozlarning xizmatlari ulug‘. Bu yilgi pandemiya bilan bog‘liq qiyin sharoitda ham jonkuyar o‘qituvchilar o‘z ishini davom ettirmoqda. Aksariyat maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi. “Onlayn maktab” loyihasi va masofaviy ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Ta’bir joiz bo‘lsa, bugun o‘qituvchilar ikkita frontda kurash olib bormoqda.

Yana bir e’tiborli jihati, bu yilgi tabrik ham avvalgilardan farq qilib, murojaat tarzida bo‘lmoqda.
Prezident tarixga nazar solib, IX-XII asrlarda yurtimiz hududida birinchi, XV asrda ikkinchi Renessans porlaganini ta’kidladi.

— Ko‘pchilik ziyolilar qatorida men ham bir fikrni hamisha katta armon bilan o‘ylayman: mamlakatimizda uchinchi Renessansni XX asrda ma’rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Ular «Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas», degan hadisi sharifni hayotiy e’tiqod deb bildilar, — deya ta’kidladi Prezident.

O‘qituvchi va murabbiylar bayrami munosabati bilan imzolangan farmonga muvofiq, xalqimizning ozodligi va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida fidokorlik ko‘rsatib, milliy ta’lim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo‘shgan Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangani ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilanganini ta’kidladi.

— Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak, — dedi Prezident. — Bu o‘lmas meros hamisha yonimizda bo‘lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta’lim tizimini ana shunday ruh bilan sug‘orishimiz kerak.

Bayram tadbirida o‘qituvchi va murabbiylar, olimlar, parlament va hukumat vakillari ishtirok etmoqda. Shuningdek, hududlardagi soha fidoyilari marosimni Qoraqalpog‘iston va viloyatlardagi studiyalardan kuzatib boryapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 536
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar