“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 15:31
ЎЗO‘Z

Abdulla Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

29 sen, 19:33 2 208 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abdulla Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Tojikiston Respublikasida bo‘lib turibdi. Dushanbeda har ikki davlat delegatsiyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Abdulla Aripov iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar borasida gapirib o‘tdi.

«Bizdagi statistikaga ko‘ra, so‘nggi uch yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalari ikki yarim barobarga oshdi. O‘zbekistonning Tojikistonga eksporti 2,1 barobarga oshgan bo‘lsa, Tojikiston eksporti qariyb 5 barobar ortdi. Bundan kelib chiqadiki, bizning munosabatlarimiz faqat bir tomonlama manfaatli hamkorlik emas, balki har ikki tomonga naf keltiradi.

Joriy yilda pandemiya tufayli O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash pasaydi, ammo faqat Tojikiston bilan o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 foizga oshib, 317 million dollarni (eksport 255,4 mln dollar, import 61,9 mln dollar) tashkil etdi. Yaqin yillarda oldimizga qo‘yilgan vazifa – o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard AQSH dollariga yetkazish uchun barcha imkoniyatlarga egamiz
», degan O‘zbekiston bosh vaziri.

Ushbu maqsadda bozorlarga zarur va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish, savdo-sotiqdagi turli to‘siqlarni olib tashlash va qulay sharoitlar yaratish, birgalikda yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini tashkil etib, uchinchi davlatlarga eksportni amalga oshirish muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlangan.

Abdulla Aripov joriy yilda suv tanqis bo‘lishiga qaramasdan, qo‘shimcha suv yetkazib berilgani uchun Tojikiston tomoniga alohida minnatdorchilik bildirgan.

«Mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalarda xususan, ilmiy markazlar o‘rtasida tajriba almashish muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan, navbatdagi ishchi guruh yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazishni taklif qilamiz.

Pandemiya vaqtida bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaganimiz hamkorlikning qay darajada mustahkam ekanini bildiradi. O‘zbekiston bu hamkorlikni davom ettirishga tayyor
», degan u.

Bosh vazir tomonidan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgach, quyidagilarni amalga oshirish taklif etilgan:
- Har ikki davlat ziyolilari forumini o‘tkazish;
- Ikki davlat yoshlarining o‘zaro tashrifini amalga oshirish;
- «Bitta sayohat turi butun mintaqa bo‘ylab» tamoyili ostida Buyuk Ipak yo‘li brendini rivojlantirish va ziyorat turizmi loyihalarini birgalikda amalga oshirish;
- Ta’lim va tibbiyot borasida hamkorlikni rivojlantirish;
- O‘zbekistonda Tojikiston madaniyati kunlarini o‘tkazish;
- Dushanbeda o‘zbek va tojik san’atkorlari ishtirokida konsert dasturlarini tashkil etish.

«Aminmanki, qo‘shma komissiya kun tartibidagi masalalar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, madaniy-gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi hamda pandemiya sharoitida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishga imkoniyat yaratadi», degan O‘zbekiston bosh vaziri.

O‘z navbatida, Tojikiston Respublikasi bosh vaziri Kohir Rasulzoda ham tashrif uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirgan.
«O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yechimini topmagan masala qolmadi. Hurmatli Abdulla Nig‘matovich, ushbu majlis tashkil etilgani va undagi ishtirokingiz uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. Majlis davomida qabul qilingan qarorlar ikki tomonlama bajarilishiga ishonaman», degan u.

Bugungi tashrif doirasida hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, biznes-forum, ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi hamda qo‘shma korxona ochilishi kabi muhim tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 129
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 209
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 227
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 0
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 0
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 21
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 30
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 16
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 36
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 135
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 70
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 25
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 24
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 147
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 82
  • Bo‘limlar