“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:57
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyor — Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova

17 sen, 16:22 2 587 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyor — Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar uchun 10 mingga yaqin qo‘shimcha zaxira o‘rinlarini tayyorlash ishlari olib borilayotganini bildirgan, deb yozmoqda Daryo.uz nashri.

Hozirda 3 500 nafar bemor belgilangan standartlar bo‘yicha davo olayotgani, kasallanganlarga 114 ta muassasada 19 346 ta o‘rin tashkil etilgan.

Abdusamatova, shuningdek, «Butun dunyo bo‘ylab kuz mavsumida ikkinchi to‘lqinga tayyorgarlik ketyapti, ba’zi davlatlarda boshlanganligi haqida xabarlar bor. O‘zbekiston ikkinchi to‘lqinga tayyormi?», degan savolga atroflicha javob bergan.

Ha, tayyor. Epidemiya davrida vaziyat har tomonlama o‘rgyozmoqdaanib chiqildi. Shu davrga qadar erishilgan yutuqlar va kamchiliklar ko‘rib chiqilib tahlil qilindi. Endilikda shifoxonalar kadrlar salohiyati, moddiy texnik bazasi bilan ta’minlangan. Barcha shifoxonalar va mutaxassislarning ushbu yo‘nalishda tajribalari bor. Ular kasallik avj olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu bilan birga shuni aytib o‘tmoqchimanki, bemorlarga o‘z vaqtida malakali va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatishga imkon va barcha kerakli dori vositalarining zaxiralari yaratilgan.

Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi


Avvalroq Barno Abdusamatova ikkinchi to‘lqin kelishi uchun barcha bemorlar tuzalib, kunlik aniqlanayotgan kasallar soni umuman bo‘lmasligi kerakligini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga hayfsan e’lon qilish haqidagi farmoyishida O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini ketayotgani ta’kidlangan edi. Koronavirusga qarshi kurash shtabining yana bir a’zosi Habibulla Oqilov ikkinchi to‘lqin boshlanishi uchun birinchisi tugashi kerakligini ma’lum qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 529
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar