“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 18:42
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda karantin choralari qayta joriy etiladimi? Mutaxassis javobi

15 sen, 16:33 4 406 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda karantin choralari qayta joriy etiladimi? Mutaxassis javobi Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov O‘zbekistonda qat’iy karantin choralari qaytarilishi borasidagi mish-mishlarga aniqlik kiritib o‘tdi.

Jumladan, mutaxassis «Kunlik koronavirusga chalingan odamlar soni ko‘paysa, qayta karantin joriy qilinadimi? Eshitishimiz bo‘yicha 15 oktabrdan karantin choralari yana qattiq kuchaytirilarmish, shu rostmi?», kabi savollarga javob bergan.

Respublikamizda karantin choralari bekor qilinganligi haqidagi gapingiz, menimcha, noto‘g‘ri gap. O‘zbekistonda karantin bekor qilinmadi, aksincha, birmuncha yumshatildi. Ammo fuqarolarning noto‘g‘ri tushunishi aholi orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni kamaymayotganligiga sabab bo‘lyapti. Ahamiyat berayotgan bo‘lsangiz, tegishli profilaktik tadbirlarni bajarmaslik, tavsiyalarga rioya qilmaslik, kasallik bo‘yicha vaziyatga beye’tibor bo‘lish vaziyatning murakkablashishiga sabab bo‘lyapti. Kasallikning qayd etilishi keyingi kunlarda yana birmuncha ko‘tarildi.

Nurmat Otabekov, Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor


Shuningdek, Otabekov karantin tadbirlari kuchaytirilishi va yumshatilishi fuqarolarning xatti-harakatlariga bog‘liqligi, karantin va cheklov tadbirlarini mensimaslik, profilaktik tadbirlarni unutish, mutaxassis, shifokorlarning tavsiyalariga rioya etmaslik, kasallik ko‘payib ketishi va Respublika maxsus komissiyasining karantin choralari kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur qilishini alohida ta’kidladi.

Aholiga karantin choralarining kuchaytirilishi kabi taxminlarga ishongandan ko‘ra o‘zining profilaktik tadbirlarni amalga oshirishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish maqsadga muvofiq ekanligi tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan O‘zbekistonda 15 avgustdan boshlab karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilgan. Xususan, 15 avgustdan boshlab avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga, mahalliy avia va temir yo‘l qatnoviga, xususiy bog‘cha va maktablar faoliyatiga, 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berilgan. 17 avgustdan viloyatlar o‘rtasida avtotransport qatnovi hamda jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobus qatnovi tiklanadi, masjidlar qayta ochildi. 20 avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualari qayta ishga tushdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 551
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 553
  • Bo‘limlar