“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:46
ЎЗO‘Z

Toshkent viloyati hududida «Damas»lar qatnovi tiklandi

15 sen, 14:31 2 201 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent viloyati hududida «Damas»lar qatnovi tiklandi Toshkent viloyati maxsus komissiyasining topshirig‘iga muvofiq, 2020 yilning 15 sentabridan boshlab Toshkent viloyati hududida yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida “Damas” rusumli yengil avtomobillar qatnovini qayta tiklashga ruxsat berildi.

Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, bunda bir qator sanitariya va me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi talab etiladi.

Ular:

- har qatnovga chiqishdan oldin haydovchi va chiptachilarning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik;

- haydovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishini hamda transport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan holda bo‘lishini ta’minlash;

- yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishini nazorat qilish, tibbiy niqobi bo‘lmagan holatda ularning transportga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;

- transport vositasini doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazish;

- sanitar ishlov berilmagan, texnik ko‘rikdan o‘tmagan, texnik nosoz transport vositasini ishga chiqarilishini qat’iyan taqiqlash.

Shuningdek, tashishlarni pandemiya sharoitida karantin va harakat xavfsizligi, yo‘lovchilar tashish qoidalariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirish yuzasidan yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan korxonalar mas’ul xodimlari tomonidan yo‘riqnomalar o‘tkazib borilishi talab etiladi.

Bunda har bir transport vositalari litsenziya varaqalari bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lishi shart.

Toshkent viloyati transport boshqarmasi “Damas” avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashuvchi korxonalar haydovchilari tomonidan harakat jadvaliga rioya etmaslik, yo‘nalish sxemasiga amal qilmaslik, karantin qoidalariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan hollarda, korxona rahbari va ularning haydovchilariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar