“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 06:42
ЎЗO‘Z

Sirdaryoda Nexia’sining davlat raqami belgisini qog‘oz bilan yashirgan haydovchiga chora ko‘rildi

14 sen, 16:34 2 263 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sirdaryoda Nexia’sining davlat raqami belgisini qog‘oz bilan yashirgan haydovchiga chora ko‘rildi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyati IIB YHXBga yo‘llangan fotosurat asosida Nexia’sining davlat raqami belgisini karton qog‘oz bilan berkitgan holda, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullangan haydovchi ma’muriy jarimaga tortilganini xabar qildi.

«Haydovchi mashinasini xohlaganicha yuqori tezlikka chiqarib tezlikni o‘lchash moslamalariga tushmasligi yoki ma’lum jarimani to‘lashdan qutulishi mumkindir, lekin o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yishini qanday tushunish mumkin.

Haydovchilardan transport vositasini boshqarish vaqtida belgilangan tezlikdan oshirmasliklarini, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz», – deyiladi boshqarma axborotida.

Xabarda Sirdaryo viloyatida mashinasining davlat raqami belgisini yashirib harakatlangan haydovchiga qanday miqdordagi ma’muriy jarima tayinlanganiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Kitob shahrida Nexia rusumli transport vositasining orqa tomoniga o‘rnatilgan davlat raqami belgisini yechib, o‘rniga o‘z ismi yozilgan qog‘ozni yopishtirib olgan haydovchi jarimaga tortilgani xabar qilingandi. Aniqlangan holat yuzasidan Ma’muriy javobargarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasi (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima belgilangan, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shuningdek, TikTok videoservisiga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardacha videosini joylashtirgan toshkentlik haydovchi jarimaga tortilgani to‘g‘risida ham xabar berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 0
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • Bo‘limlar