“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 21:24
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi saratonga qarshi kurash uchun zamonaviy qurilmalar sotib olishni boshladi

12 fev, 19:18 6 867 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi saratonga qarshi kurash uchun zamonaviy qurilmalar sotib olishni boshladi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi onkologik xizmat uchun 20 dona radioterapevtik qurilmani sotib olishni boshladi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda onkologik xizmatni rivojlantirish dasturi amalga oshirilayotgan bo‘lib, bu dasturda yurtimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.

Respublika onkologiya ilmiy markazi va viloyatlardagi onkologik dispanserlar uchun radioterapevtik asbob-uskunalarni xarid qilish Sog‘liqni saqlash vazirligi va Islom rivojlanish banki tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizasiyalash” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Xarid qilinayotgan radioterapevtik asbob-uskunalar orasida turli maqsadlarda qo‘llanuvchi qurilmalar mavjud. Misol uchun, chiziqli tezlashtirgich saraton o‘smalarini 3D formatda ko‘rish hamda ularni qo‘shni to‘qimalarni zararlantirmagan holda nurlantirish imkonini beradi. Shuningdek, sotib olingan asbob-uskunalar ro‘yxatida o‘smalarni masofadan turib nurlantirish uchun mo‘ljallangan 11 ta gamma-terapevtik qurilma hamda 7 ta tananing ichki bo‘shlig‘i gamma-terapiyasi uchun mo‘ljallangan qurilma mavjud.

Bu qurilmalarning yurtimizga etkazilishiga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi ular uchun xonalarni tayyorlash ishlarini tugatishni rejalashtirilmoqda. Ayni kunda onkologik dispanserlarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hamda Respublika onkologiya ilmiy markazida radioterapevtik korpusning qurilish ishlari nihoyasiga etkazilmoqda.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 553
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 0
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Bo‘limlar