“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:38
ЎЗO‘Z

DXX korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq qator holatlarga chek qo‘ydi

29 avg, 13:18 3 021 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq qator holatlarga chek qo‘ydi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sirtqi bo‘limi uslubchisi fuqaroga o‘zini mazkur universitet dekani o‘rinbosari, deya tanishtirib, uning ishonchiga kiradi. Agar 1300 AQSH dollari bersa, uning tanishini universitetda yuqori lavozimda ishlovchi yaqin aloqalari orqali ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha sirtqi bo‘limga o‘qishga kiritib qo‘yishi mumkinligini aytadi. DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida universitet uslubchisi kelishilgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi ham abituriyentni ushbu oliy ta’lim muassasasining jismoniy madaniyat fakultetining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirishiga yordam berishni va’da qilib, undan 4000 AQSH dollari olgan vaqtida DXX Andijon viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Navoiy davlat pedagogika institutining marketing bo‘limi boshlig‘i ham mahalliy fuqarodan uning tanishini mazkur institutning musiqa fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vada qilib, 3000 AQSH dollari talab qiladi. DXX Navoiy viloyati boshqarmasi hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida marketing bo‘limi boshlig‘i so‘ralgan pulning yarmini, yani 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Sirdaryo viloyati boshqarmasining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslari va yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori Sayxunobod tumanidagi MCHJni 1,5 gektar sug‘oriladigan yer maydonini go‘yoki o‘zboshimchalik bilan egallab olishi natijasida, davlatga 779 mln. 559 ming so‘m miqdorda zarar yetkazganlikda ayblab, mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy sudga da’vo arizasini kiritmaslik va zararni yopish evaziga ushbu MCHJ bosh hisobchisidan 500 AQSH dollari va 4 mln. so‘m talab qiladi. U mazkur pulni olgan vaqtida DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

DXX Andijon viloyati boshqarmasi va Prokuratura xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bo‘ston tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchisi fuqarodan 3000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. U muqaddam sud tizimida ishlaganligi bois, ushbu pul evaziga fuqaroga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi tomonidan ko‘rilayotgan apellyatsiya ishini uning foydasiga ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasining bosh shifokori o‘rinbosari o‘zi faoliyat yuritayotgan birlashmaga ishga qabul qilish uchun fuqarodan 1000 AQSH dollari so‘raydi. DXX hamda Prokuratura xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bosh shifokor o‘rinbosari kelishilgan mablag‘dan 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu noqonuniy ishlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 529
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar