“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:08
ЎЗO‘Z

Prezident 15 avgustdan karantin choralari yumshatilishini aytdi

12 avg, 18:43 3 167 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident 15 avgustdan karantin choralari yumshatilishini aytdi Ayni vaqtda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarda sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda.

Davlat rahbari tadbir boshida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, oxirgi bir oyda barcha hududlarda davolash o‘rinlari va nafas berish apparatlari soni bir necha barobar ko‘paytirilgani, muolaja qilish usullari yangilangani hamda tez tibbiy yordam xizmati kuchaytirilgani qayd etildi. Bularning natijasida mamlakatimiz bo‘yicha koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 59 foizdan 77 foizga yetdi. Virus yuqtirganlar soni 32 mingdan oshgan bo‘lsa-da, ularning 25 mingdan ziyodi sog‘aygan, 7 ming bemor davolanmoqda.

Har bir fuqaromiz sog‘lig‘i va hayoti uchun kurashni yanada kuchaytirgan holda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning barqaror ishlashini ta’minlash, aholining yashash sharoitini yengillashtirish maqsadida karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish zarur. Xalqimizning o‘zi shuni iltimos qilmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuni hisobga olib, 15 avgustdan avtotransport vositalarining kun davomida yurishi, mahalliy avia va temir yo‘l qatnovi uchun ruxsat berish kerakligi aytildi. Sanatoriylar, mehmonxonalar, muzeylar, bolalar oromgohlari, dala hovlilar ijarasi, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, ochiq havoda xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyati ham tiklanadi. Belgilangan talablarga amal qilgan holda uyda 30 kishilik oilaviy marosimlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

17 avgustdan hududlar o‘rtasida avtotransport qatnovi, jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobuslar qatnovi tiklanishi belgilandi.
20 avgustdan buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari, yirik savdo do‘konlari, sport zallari, fitnes klub va basseynlar ishlay boshlaydi.

Respublika maxsus komissiyasiga har bir faoliyat turi bo‘yicha qanday sanitariya talablariga amal qilish zarurligini aniq belgilash vazifasi qo‘yildi. Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantiniga olish va undan chiqarish tartibini yengillashtirish, pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitatsiya qilish markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga kollektiv immunitet shakllanish jarayonini monitoring qilib borish uchun antitanachalar tahlilini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlandi.

Televideniye va radioda madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar ko‘rsatuv va eshittirishlarni ko‘paytirish, ijtimoiy masofani saqlagan holda teatr, kino, konsert va boshqa tadbirlarni tashkil etish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Karantin talablari yumshatilayotgan bo‘lsa-da, barchamiz ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish, dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiyena talablariga so‘zsiz amal qilishimiz, ilgari yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamasligimiz kerak. Xudoga shukur, hammamiz ham yetarli tajriba orttirdik. Ko‘pni ko‘rgan xalqimiz juda katta matonat va qahramonlik, tibbiy madaniyatini namoyon qilyapti. Temir intizom, qattiq chidam va sabr-toqat bilan biz albatta bu sinovlarni tez orada yengib o‘tamiz. Men bunga qat’iy ishonaman, – deya ta’kidladi Prezident.​




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar