“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:13
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda mahalla idoralarining ishtiroki keskin kuchaytiriladi

04 avg, 22:53 2 622 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda mahalla idoralarining ishtiroki keskin kuchaytiriladi Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan navbatdagi videoselektor yig‘ilishida koronavirus pandemiyasini davrida kasallikning oldini olish, koronavirusga shubha bo‘lgan fuqarolarni shifoxonalarga yetkazish, karantin talablarini tushuntirish va bu jarayonda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda joylarda mahalla idoralarining ishtirokini keskin kuchaytirish kerakligi uqtirildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bunday yo‘l tanlanishiga o‘zbek xalqi turli xil masalalarda birinchi navbatda mahallaga murojaat qilishga o‘rgangani sabab qilib ko‘rsatildi.

- Respublika bo‘yicha 9 ming 150 ta mahallada qariyb 40 ming odam budjetdan oylik olib ishlaydi. Ularning oyliklarini ham joriy yilda qariyb 1,5 barobarga oshirib berdik. Shunday og‘ir sharoitda nima uchun ular chetda turishlari kerak? O‘z aholisining ahvolidan yaxshi xabardor bo‘lgan, qaysi xonadonda qanday bemor borligini, kimning yashash sharoiti qandayligini, kim yordamga, kim vrachga muhtojligini ulardan yaxshi biladigan boshqa odamning o‘zi yo‘q pastki tizimda, - deydi Shavkat Mirziyoyev.

Buning uchun hokimlar va sektorlar rahbarlari har bir mahallada mahalla raislari, profilaktika inspektori va boshqa xodimlar, mahalla faollari va nuroniylar, mahallalarga biriktirilgan tibbiyot muassasalari xodimlarini birlashtirib, o‘z hududidagi aholi, ayniqsa, keksalar holidan har kuni xabar olish, koronavirusga shubha bo‘lgan va kasallikka chalinganlarni tez tibbiy yordam xizmati va shifokorlar bilan bog‘lashni tashkil etishga bosh-qosh bo‘lishlari shartligi tayinlandi.

Shuningdek, ular yordamga muhtoj oilalarga oziq-ovqat, uyda davolanishga tavsiya qilingan bemorlarga dori-darmon yetkazib berish ishlarida faol ishtirok etishlari lozim.

- Bunga qo‘shimcha ravishda ular mahalla hududida aholining zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmasligi va to‘planmasligi, tibbiy maska taqib yurishi va ijtimoiy masofani saqlashi, to‘y va tadbirlarni vaqtincha o‘tkazmasligi kabi majburiy talablarni doimiy tushuntirishi va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishlari shart va zarur, - Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu yig‘ilish davomida bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga bir hafta muddatda yetakchi olimlar va tajribali shifokorlar bilan maslahatlashgan holda vaksinani xarid qilish va O‘zbekiston aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish topshirig‘i berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 133
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 542
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar