“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:39
ЎЗO‘Z

Senat qiynoqlar bo‘yicha Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatiga parlament so‘rovi yuboradi

31 iyul, 18:56 2 218 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Senat qiynoqlar bo‘yicha Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatiga parlament so‘rovi yuboradi Foto: Oliy Majlis Senati
Oliy Majlis Senati kengashining 2020 yil 29 iyul kuni videokonferensaloqa shaklida majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva olib bordi, deya xabar beradi Senat axborot xizmati.

Majlisda Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisini 2020 yil 7 avgust kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Xususan, Senat qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash kabi jinoyatlar sodir etilishi holati to‘g‘risida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatiga parlament so‘rovlari yuborish masalasini ko‘rib chiqadi.

«Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi, «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi, «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi, «Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunlar qayta ko‘rib chiqiladi.

Foto: Oliy Majlis Senati
Bundan tashqari, «Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunlarni muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» davlat dasturining 2020 yil birinchi yarim yillik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti, qolaversa, Ichki ishlar vaziri, Tashqi ishlar vaziri hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining axborotlari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 8
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 269
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 0
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 0
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 7
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Bo‘limlar