“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:25
ЎЗO‘Z

Ushbu oy oxirlarida ob-havo biroz salqinlashishi kutilyapti

27 iyul, 14:38 2 988 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ushbu oy oxirlarida ob-havo biroz salqinlashishi kutilyapti «O‘zgidromet» boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra 27 iyuldan 29 iyulgacha O‘zbekiston hududi atmosferadagi kuchsiz g‘arbiy oqim harakati ta’sirida bo‘ladi, natijada respublikada ob-havoning o‘rtacha issiq va mamlakat hududining katta qismida quruq bo‘lishi kutilmoqda.

Faqat O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida, 28 iyul seshanba kuni esa Farg‘ona vodiysining teksilik hududida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 35-38 daraja bo‘ladi, ayrim joylarda 40 darajagacha yetadi.

30 iyul kuni Volgabo‘yi hamda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari ustida balandlikdagi siklon shakllanishi kutilmoqda, u 31 iyul kuni va avgustning birinchi kunlarida butun respublika hududidagi ob-havoning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

31 iyulda respublikaning barcha viloyatlarida ayrim joylarga, 1-2 avgust kunlari tog‘li va tog‘oldi tumanlarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat 33-36 darajagacha pasayadi, bu iyul oxiri — avgustning boshi uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlarga yaqindir.

Ba’zi kunlarda respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar