“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 13:43
ЎЗO‘Z

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish holatlari soni pasaydi

23 iyul, 00:55 3 841 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish holatlari soni pasaydi 22 iyul kuni O‘zbekistonda yana 498 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi va jami kasallanish holatlari soni 18379taga yetdi.
«Shu yilning 22 iyul kuni mamlakatimizda 498 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 93 nafari Karantin muassasalarida, 405 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun respublikaning 9 hududida yangi holatlar aniqlandi. Shu bilan birgalikda, kunlik o‘sish 16 iyuldan (485 holat) beri ilk marta 500dan pastga tushdi - 17 iyul kuni 541, 18 iyul kuni 579, 19 iyul kuni 566, 20 iyul kuni 562, 21 iyul kuni esa 567 holat qayd etilgandi.

22 iyul, yangi holatlar
- Toshkent viloyatidagi Karantin markazida – 93 holat.
Profilaktika maqsadida va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida - 405
- Toshkent shahrida 191 holat;
- Andijon viloyatida 61 holat;
- Surxondaryo viloyatida 50 holat;
- Buxoro viloyatida 47 holat;
- Qashqadaryo viloyatida 19 holat;
- Namangan viloyatida 16 holat;
- Xorazm viloyatida 13 holat;
- Samarqand viloyatida 8 holat.

Tuzalganlar (+351)
Bugun O‘zbekistonning 9 hududida jami 351 nafar bemor tuzaldi (kunlik rekord ko‘rsatkich) va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayib chiqqanlar soni 9872 nafarga yetdi.

Shuningdek, Toshkent, Surxondaryo va Qoraqalpog‘istonda bittadan, jami 3 o‘lim (kunlik o‘limlar soni bo‘yicha so‘nggi 8 kundagi eng past ko‘rsatkich) qayd etilib, jami o‘limlar soni 98taga yetdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 18 379 nafar bemordan 9 872 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 409 nafar bemordan 102 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 0
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 0
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 7
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 12
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 29
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 28
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 23
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 214
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 57
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 231
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 131
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 230
  • Bo‘limlar