“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:23
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 17 mingdan oshdi

20 iyul, 18:34 2 578 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 17 mingdan oshdi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 183 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 20 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 149 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 29 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 154 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 13 nafar, Samarqand viloyatida 46 nafar, Andijon viloyatida 26 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar hamda Jizzax viloyatida 9 nafar, jami 108 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 9 387 (+108) nafarga yetdi.

Bundan avvalroq 214 kishida virus chiqqani va jami holatlar soni 16966 nafarga yetgani xabar qilingandi.

Karantin markazida 34 nafar;
Toshkent shahrida 76 nafar;
Andijon viloyatida 32 nafar;
Namangan viloyatida 26 nafar;
Sirdaryo viloyatida 21 nafar;
Qoraqalpog‘istonda 11 nafar,
Jizzax viloyatida 9 nafar;
Navoiy viloyatida 5 nafar.
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida jami 3ta o‘lim holati qayd etildi va jami o‘lim holatlari soni 89taga yetdi.
Hozirda 7672 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 536
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar