“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 20:38
ЎЗO‘Z

Jahon banki eksperti: O‘zbekistonda ta’limga iste’dodli pedagoglarni jalb qilish tizimi yo‘q

12 iyul, 07:30 1 735 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahon banki eksperti: O‘zbekistonda ta’limga iste’dodli pedagoglarni jalb qilish tizimi yo‘q Foto: LinkedIn
Pedagog kasbi maqomini oshirish uchun o‘qituvchilarni ishga saralab olish mexanizmlarini qat’iy talablar asosida ishlab chiqish lozim, deydi Jahon bankining ta’lim bo‘yicha eksperti Nodira Meliboyeva.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijtimoiy sohada davlat dasturi ijrosi muhokamasiga bag‘ishlab qator sohalar mutaxassislari ishtirokida onlayn davra suhbati tashkil etdi. Unda Jahon bankining ta’lim bo‘yicha eksperti Nodira Meliboyeva ta’lim tizimida mavjud kamchiliklarga to‘xtaldi.

«Maktabgacha ta’lim tizimida bolaning rivojlanish ko‘rsatkichlari, umumiy ta’lim tizimida o‘qish sifatini baholash mexanizmining yo‘qligi sohada monitoring ishlarini olib borish imkonini bermaydi.

Ta’limga iste’dodli pedagoglarni jalb qilish va saqlab turish tizimi mavjud emas. Pedagog kasbi maqomini oshirish uchun o‘qituvchilarni ishga saralab olish mexanizmlarini qat’iy talablar asosida ishlab chiqish lozim.

Shuningdek, mamlakatda ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligi muammosi bor. Ilmiy ishlar sifati va ko‘lamini oshirish uchun bu borada davlat resurlarini taqsimlash mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish kerak
», – deya Nodira Meliboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Foto: "Taraqqiyot strategiyasi" markazi
Mutaxassis ta’lim tizimi tayyorlayotgan kadrlar va mehnat bozori talablari o‘rtasidagi nomuvofiqliklar haqida ham gapirdi.
«Ta’lim muassasalari bitiruvchilari egallagan bilim va ko‘nikmalar mamlakat mehnat bozorining mavjud talablariga to‘g‘ri kelmaydi.
Bu masalada iqtisodiyotning o‘sib borayotgan sektorlari va ish beruvchilarning talablaridan kelib chiqqan holda ish tashkil qilinishi lozim
», – dedi Nodira Meliboyeva.

Foto: "Taraqqiyot strategiyasi" markazi

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 11
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 141
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 94
  • Bo‘limlar