“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 09:58
ЎЗO‘Z

Dam olish kunlari harorat pasayishi kutilmoqda

10 iyul, 18:50 3 069 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dam olish kunlari harorat pasayishi kutilmoqda Sharqiy Qozog‘istondan kirayotgan biroz salqin havo oqimi O‘zbekistonda kunduzgi haroratning pasayishiga olib keldi. Dam olish kunlari harorat saqlanib turadi.

Shanba kuni O‘zbekistonda havo biroz o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, Sharqiy Qozog‘istondan kirayotgan biroz salqin havo oqimi O‘zbekistonda kunduzgi haroratning pasayishiga olib keldi.

Hafta oxirida kunduzi havo harorati 32–35 darajani, Respublika shimoli, janubi va cho‘l zonasida esa 37–39 darajani tashkil qiladi. Tungi harorat 19–24 daraja atrofida saqlanib qoladi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15−20 metrga kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni O‘zbekistonning tekislik hududida ob-havo quruq va ochiq bo‘ladi, faqat respublikaning tog‘li tumanlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Nisbatan salqin havo oqimi ta’siri yakshanba kuni ham saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 19–24 daraja atrofida, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi, mamlakat janubi va cho‘l zonasida 39 darajagacha isiydi. Sinoptiklar bunday haroratlar kunning iqlimiy me’yorlariga yaqinligini ta’kidlashgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 0
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 0
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • Bo‘limlar