“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 11:06
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondagi qaysi dehqon bozorlarida go‘sht eng arzon narxda sotilayotgani ma’lum qilindi

02 iyul, 14:18 3 265 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondagi qaysi dehqon bozorlarida go‘sht eng arzon narxda sotilayotgani ma’lum qilindi O‘zbekistondagi qaysi dehqon bozorlarida go‘sht eng arzon narxda sotilayotgani ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi 30 iyun kuni O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o‘rganib chiqdi va o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha mahsulotlarning minimal-maksimal narxlarini keltirdi. Unda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 38 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (38 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (65 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kilogramm)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (75 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 1 500 so‘mdan 5 500 so‘mgacha (kilogramm)

Kartoshkaning minimal narxi Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da qayd etilgan (1 500 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 500 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 750 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kilogramm)

Piyozning minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (750 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3 000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 4 500 so‘mgacha (kilogramm)

Sabzining minimal narxi Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (4 500 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 5 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da qayd etildi (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (13 000 so‘m).

Guruch 4 500 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kilogramm)

Guruchning minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da ro‘yxatga olingan («Nukus 2» navli guruch 4 500 so‘m). Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 400 so‘mdan 14 500 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘ining minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i 8 400 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 14 500 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 800 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kilogramm)

Shakarning minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da, Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (5 800 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (7 000 so‘m) kuzatildi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 0
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 0
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Bo‘limlar