“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 10:02
ЎЗO‘Z

33 nafar fuqaro ishlash uchun Qozog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi

30 iyun, 22:07 4 466 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
33 nafar fuqaro ishlash uchun Qozog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Qozog‘iston Respublikasi ish beruvchilari o‘rtasida pandemiya davrida O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ish bilan ta’minlash maqsadida olib borilgan muzokaralar natijasida mamlakatning turli hududlarida mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, ularga O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Ushbu kelishuvga muvofiq, ishchilarning birinchi guruhi - 33 nafar fuqaro 29 iyun kuni “G‘isht Ko‘prik – Jibek Joli” chegara posti orqali yirik qurilish ob’ektlarida belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda ishlash uchun Qozog‘iston Respublikasining Sharqiy Qozog‘iston viloyatiga tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Ta’kidlash joiz, joriy yilning aprel oyida Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekiston va Qozog‘iston mehnat migrantlari faoliyati va huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi.

Mazkur hujjatda ikki davlat hududlarida migratsiya oqimini tartibga solish va noqonuniy mehnatning oldini olish, shuningdek, kelishuvga binoan, Qozog‘istonda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik hamda O‘zbekistonda ishlayotgan qozog‘istonlik mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish ta’minlanadi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Qozog‘iston Respublikasiga ishga ketayotgan fuqarolarga xorijda ishlash davrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vaqtda huquqiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tarqatma materiallar tarqatildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 515
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Bo‘limlar