“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:10
ЎЗO‘Z

Universitet talabasi tuzoq dastur orqali qo‘lga tushirildi

26 iyun, 13:17 3 400 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Universitet talabasi tuzoq dastur orqali qo‘lga tushirildi Buxoro shahar, Qizilqum ko‘chasida yashovchi Gulnoza B. (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) 9 may Buxoro viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida «Telegram» messenjerida «Ipoteka_Bank_ATIB_(official)» botga o‘zining plastik kartasi uchun mikrokredit rasmiylashtirish uchun murojaat qilganidan so‘ng bot avtomat ravishda uning savollariga javob berish bilan bir qatorda, Gulnoza B.ning plastik karta raqamlari, maxsus kodi hamda ushbu plastik kartani boshqaradigan mobil aloqa operatori raqamlari va qo‘shimcha maxsus kodlarni avtomat ravishda aniqlab olganligini, ushbu plastik karta hisobidagi 3 627 500 so‘m pul hamda ushbu plastik karta uchun 1 600 000 so‘m miqdoridagi kreditni rasmiylashtirib, jami 5 227 500 so‘m miqdoridagi pullar o‘g‘irlab olinganini bildirgan va mazkur shaxsni aniqlab, pullari qaytarilishida va qonuniy chora ko‘rilishida amaliy yordam so‘ragan.

IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, ariza yuzasidan olib borilgan tezkor-texnik tekshiruvlar va tuzoq dasturlari natijasida:

Pul mablag‘lari 1999 yilda tug‘ilgan, Guliston davlat universiteti talabasi, Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida yashovchi Jasur O.ga (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) aloqador bo‘lgan virtual hisob raqamlarga kelib tushganligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi Jasur O. o‘zining sodir qilgan jinoyatini yashirish maqsadida, qo‘lga kiritilgan pullarni konvertatsiya ilovalaridan foydalangan holda Qozog‘iston Respublikasining turli raqamlariga ro‘yxatga olingan «Qiwi» hamyonlariga elektron valyutani ayriboshlovchilar yordamida jo‘natganligi, shundan so‘ng ushbu pullarni 1Xbet, Melbet bukmeykerlikka asoslangan faoliyatlar orqali O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kiritib, boshqa bir qator operatsiyalar bilan o‘g‘irlangan pullarni o‘zining virtual hisob raqamlari orqali naqdlashtirib olgan.

Jasur O.ning barcha hisob raqamlari tekshirib ko‘rilib, u bilan surishtiruv jarayonida, unga Respublikaning turli hududlaridan ko‘plab fuqarolar murojaat qilganligi, taxminan jami bo‘lib 30 millionga yaqin pullarni fuqarolarning plastik kartalaridan o‘g‘irlab olganligi, barcha harakatlarni mobil telefoni orqali amalga oshirib kelganligini bildirdi.

Jasur O.ning 1 dona qo‘l telefoni hamda 4 dona plastik kartasi daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olinib, to‘plangan hujjatlar Buxoro shahar IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhiga topshirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar