“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 14:27
ЎЗO‘Z

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

22 iyun, 15:23 3 698 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi «O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, harorat 39-42 darajagacha, janubiy tumanlarda va Navoiy va Buxoro viloyatlarining cho‘l zonasida 43-44 darajagacha ko‘tariladi, bunday harorat shu kun uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8 darajaga yuqori. Turkmaniston hududidan issiq havo kirishi kuchayishi bilan shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin.

23 iyunda Qozog‘istondan atmosfera fronti o‘tishi bilan O‘zbekistonda ob-havo sharoitlarining o‘zgarishi kutilmoqda. Respublikada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Toshkent viloyatida ertalab va kechqurun, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li tumanlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat sezilarli pasayadi va 35-40 daraja atrofida, janubda va cho‘l zonasida 42 daraja issiq bo‘ladi. Havo oqimining o‘zgarishi bilan shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi.

24-25 iyunda respublikada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

26 iyunda mamlakat shimoliga, 27 iyunda qolgan hududlarga Volgabo‘yidan sovuq antisiklonning kirishi kutilmoqda. Havo harorati 8-10 darajaga pasayib, 27-30 darajani tashkil qiladi, bu me’yoriy haroratdan 5-6 darajaga pastdir, tungi harorat esa o‘sha me’yorlarda saqlanib qoladi — 19-24 daraja bo‘ladi. Sovuq front o‘tishi bilan yana shamol kuchayib, 15-20 m/s tezlikda esishi prognoz qilinmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 168
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 62
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 39
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 66
  • Bo‘limlar