“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:44
ЎЗO‘Z

Toshkentda koronavirus aniqlangan tumanlar ochiqlandi

06 iyun, 14:45 2 926 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda koronavirus aniqlangan tumanlar ochiqlandi Toshkent shahrining Shayxontohur, Yunusobod, Yashnobod, Mirobod tumanlarida koronavirus kasalligiga chalinish holatlari aholi orasida qayd etilyapti. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 4 ming 22 nafarga yetdi. 5 iyun kuni 160, kasallik qayd etilgandan buyon esa 3 ming 247 nafar, ya’ni 80 foizdan ziyod bemor to‘liq sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 759 bemor davolanmoqda, 10 nafarining ahvoli og‘ir, 3 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. 49 mingdan ko‘proq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan. Kuni kecha 16 mingdan ko‘proq laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgan.

Karantin tadbirlari davom etyapti. Koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemik vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. 5 iyun kuni qayd etilgan 20 bemorning 6 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida va yana 5 nafari Toshkent viloyatida, 4 nafari Qashqadaryo viloyatida aniqlangan. Ularning 7 nafari aholi orasida qayd etilgani barchamizni sergak torttirishi kerak.

Ming afsuski, oxirgi aniqlangan 15 bemorning 3 nafari Toshkent shahri aholisi orasida qayd etildi. Shunday qilib, Toshkent shahrining Shayxontohur, Yunusobod, Yashnobod, Mirobod tumanlarida koronavirus kasalligiga chalinish holatlari aholi orasida qayd etilyapti.

Atrofimizda kasallikka chalingan odamlar yo‘qligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Karantin va cheklov tadbirlariga rioya qiling. Shundagina epidemik vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatamiz. Aks holda vaziyat murakkablashishi, jiddiy choralar ko‘rilishi mumkinligini unutmang!
” - deydi N. Otabekov.
Toshkent, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 536
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar