“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:53
ЎЗO‘Z

Chegaradagi mojaroda so‘xliklardan 187 kishi jarohatlangan, 15 kishi Farg‘onaga olib kelingan

01 iyun, 20:34 2 861 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chegaradagi mojaroda so‘xliklardan 187 kishi jarohatlangan, 15 kishi Farg‘onaga olib kelingan 31 may kuni Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidagi Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumanidagi qishloq aholisi o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro vaqtida so‘xliklardan 187 nafar kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bu haqda So‘x tumani hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, 1 iyun kuni sanaviatsiya xizmati orqali bemorlarning 15 nafari viloyat markaziga olib kelingan.

«Yuzaga kelgan janjal natijasida tuman markaziy shifoxonasida 187 nafar yaralangan bemor davolanmoqda. Bugun sanaviatsiya xizmati orqali bemorlarning 15 nafari viloyat markaziga yuborildi», deyiladi tuman hokimligi axborotida.

Bugun bosh vazir Abdulla Aripov So‘xga tashrifini kasalxonaga borish bilan boshlagan, bemorlar va jarohatlanganlar holidan xabar olgan. Og‘ir ahvoldagi yaralaganlarni viloyat markaziy shifoxonalariga yetkazish uchun sanaviatsiya xizmati safarbar etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatiga tutash, Farg‘ona viloyati tarkibidagi So‘x tumanida joylashgan Chashma qishlog‘ida buloq masalasida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari aholisi o‘rtasida mahalliy darajadagi mojaro yuz bergan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, mojaroga «Chashma» bulog‘ining ariqlarini birgalikda tozalash paytida yuzaga kelgan bahslashuv sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi chegaradagi mojaro oqibatida ikki tomondan ham jabrlanganlar borligini ma’lum qilgan, Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi esa mojarodan so‘ng 25 kishi Ayderken shahridagi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar