“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 00:36
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari va karantinga olinganlar uchun 200 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi

26 мая, 09:58 2 483 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari va karantinga olinganlar uchun 200 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi O‘zbekistonda 23 may holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar davolanib chiqishi uchun 109 milliard so‘mdan ortiq pul sarflangan. Shuningdek, karantinga joylashtirilganlar uchun 100 milliard so‘mdan ortiq xarajat qilingan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov 25 may kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 23 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2492 nafar bemor davolanib chiqqan. Har bir davolanib chiqqan bemor uchun davlat 32,3 million so‘mdan xarajat qilgan. Jami 80 milliard so‘mdan oshiq mablag‘ shu maqsadga yo‘naltirilgan.

Davolanayotganlar uchun (23 may holatiga ko‘ra 573 bemor) 18 milliard so‘mdan oshiq mablag‘ sarflandi. Har bir bemor uchun 32,3 million so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

Holati o‘ta og‘ir bo‘lgan bemorlar soni 50 nafarni tashkil qilgan bo‘lib, ularning har biriga 64,4 million so‘mdan, jami 3,2 milliard so‘m sarflangan.

Reablitatsiyaga o‘tkazilgan 2492 bemor uchun yana (2,8 million so‘mdan) 6 milliard 977 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Shuningdek, hozirda 45 455 kishi karantinda va ularning har biri uchun 2,2 million so‘mdan ajratilgan bo‘lib, jami 100 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tashkil etadi.
O‘zbekistonda 25 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3189 nafarga yetdi. Kasallikdan tuzalganlar soni esa 2607 nafarni tashkil etmoqda.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 554
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Bo‘limlar