“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:28
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondagi bino va inshootlarda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilmoqda

26 мая, 06:09 2 340 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondagi bino va inshootlarda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilmoqda O‘zbekistondagi bino va inshootlar, ijtimoiy soha va turar joy ob’ektlarida energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari keng joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi Vazirlar Mahkamasining «Respublikadagi bino va inshootlar, ijtimoiy soha va turar joy ob’ektlarida energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Loyihaga ko‘ra, energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan 2020 yilda vazirlik va idoralarning 691 ta bino va inshootida fotoelektr stansiyalar va kollektorlar qurilishi, energiya samarador deraza bloklarini, svetodiodli manbalarni o‘z ichiga olgan sensorli datchiklar o‘rnatish bo‘yicha dasturiy ro‘yxatlar tasdiqlanib amalga oshirilmoqda.

Qarorga muvofiq, Qurilish vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda 2021 yil uchun (keyinchalik muntazam ravishda kelgusi yillar uchun) «Ijtimoiy soha ob’ektlarida hamda shahar va qishloqlarda quriladigan namunaviy arzon uy-joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish manzilli dasturi»ni 2020 yilning 1 dekabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Shuningdek, shahar va qishloqlarda quriladigan namunaviy arzon uy-joylarda hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini loyihalashtirish va qurilishida zamonaviy qurilish materiallari va energiya tejovchi texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etilishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilingan barcha turdagi bino va inshootlar, ijtimoiy soha, turar joy ob’ektlarini energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari joriy etilganligini inobatga olib ekspluatatsiyaga qabul qilish tizimini 2021 yil 1 yanvargacha ishlab chiqish belgilangan.

Barcha turdagi yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilingan bino va inshootlarni ekspluatatsiyaga qabul qilinishida energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari joriy etilganligi yuzasidan «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish va xulosa berish tartibi joriy etiladi.

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda «Ijtimoiy soha ob’ektlarida hamda shahar va qishloqlarda quriladigan namunaviy arzon uy-joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish manzilli dasturi»ni moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlarining beg‘araz mablag‘larining jalb etilishini ta’minlaydi.

«O‘zeltexsanoat» va «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmalari uch oy muddatda energiya tejovchi texnologiyalar, qurilish materiallari va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini ko‘radi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni kamaydi 18 мая, 17:00 114
  • “O‘zgidromet” kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 18 мая, 13:58 189
  • O‘zbekistonda bir yilda 22 ta erta turmush holatlari aniqlandi 14 мая, 08:12 58
  • Haftaning birinchi yarmida quruq va juda issiq ob-havo kutilmoqda 13 мая, 13:23 103
  • Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qancha xorijlik sayyohlar keldi? 12 мая, 14:48 76
  • “O‘zgidromet” 13 may kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi 12 мая, 10:34 117
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar