“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:29
ЎЗO‘Z

Toshkentda yana 35 bemor koronavirusdan tuzaldi. Ular orasida 1 yoshli bola ham bor

21 мая, 17:41 2 397 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda yana 35 bemor koronavirusdan tuzaldi. Ular orasida 1 yoshli bola ham bor Toshkentda 21 may kuni 35 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Ularning 31 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, 4 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayib chiqqan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 10 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 21 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, tuzalganlarning 11 nafari Toshkent shahridan, 5 nafardan Samarqand va Toshkent viloyatlaridan, 3 nafardan Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan, 2 nafari Buxoro viloyatidan, 1 nafari Xorazm viloyatidan va yana 1 nafari Tojikistondan. Bemorlardan 24 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 76 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan bola ekani ma’lum qilindi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlar 1 nafardan Toshkent, Sirdaryo, Namangan viloyatlari va Tojikistondan. Sog‘ayganlarning 3 nafari uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchilari bo‘lib, Rossiyadan kelgan. 1 nafar fuqaro (ayol) esa kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Ulardan eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 30 yoshda ekani aytildi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 813 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 848 nafarga yetdi.

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni bir kun avval 2372 nafarni tashkil qilayotgan edi. Endilikda ular soni 2 407 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 21 may soat 10:00 holatiga ko‘ra 2950 kishini tashkil qilmoqda. Mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlanganidan beri 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 529
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar