“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:27
ЎЗO‘Z

Alisher Usmonov Marhamatdagi ehtiyojmand oilalarga 2,5 milliard so‘m ajratdi

21 мая, 16:45 2 270 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alisher Usmonov Marhamatdagi ehtiyojmand oilalarga 2,5 milliard so‘m ajratdi Rossiyalik tadbirkor, asli kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov Andijon viloyatining Marhamat tumanida ehtiyojmand oilalar uchun jami 2,5 mlrd so‘m xayriya qildi. Ushbu pullar mingta oilaga 2,5 million so‘mdan taqsimlab berilgan.

Andijon viloyatining qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh qismida joylashgan Marhamat tumanida jami 48ta mahalladan 1000ta oila ehtiyojmand, deb topilgan.

“Ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish mahalliy hokimliklarning kundalik muhim vazifasiga aylangan bir kezda o‘zbekistonlik taniqli biznesmen Alisher Usmonovning 2,5 milliard so‘m miqdoridagi moddiy yordami mehr-saxovatning haqiqiy ifodasi bo‘ldi. Shu asosda har bir oilaga 2,5 million so‘mdan berildi”, deyiladi “Xalq so‘zi” nashri xabarida.


“Kundalik tashvishlar bilan ovora bo‘lib hatto oilamizning, ayniqsa, farzandlarimizning istiqboli haqida qayg‘urish ko‘nglimizga ham sig‘mayotgan bir paytda saxovatli insonlarning ko‘rsatgan muruvvati eng katta mukofot bo‘ldi. Bu mablag‘ nafaqat moddiy yordam, balki, ertangi kunimizga, hukumatimizga, mehri ummon zamondoshlarimizga bo‘lgan ishonch ifodasidir. Bizga shu qadar e’tibor ko‘rsatilgan ekan, biz o‘zimiz ham bu ishonchni oqlaymiz”, deydi marhamatlik Abdurasul Inomov.

Ajratilgan mablag‘lar “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati plastik kartalari har fuqaroga mutasaddilar tomonidan yetkazib berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, rossiyalik tadbirkor, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov Sirdaryo viloyatidagi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam uchun 10 mln dollar taqdim etgandi.

Shuningdek, Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga ham jami 25 mln dollar ajratgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 515
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar