“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:56
ЎЗO‘Z

FVV Sirdaryoda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma’lum qildi

20 мая, 16:42 1 964 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
FVV Sirdaryoda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma’lum qildi Toshqindan talafot ko‘rgan 541 uyda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirga 13,524 nafar ishchi va 622 transport vositasi jalb qilingan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sirdaryo viloyatida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha yangi tafsilotlarni ochiqladi.

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar jami 1349 nafar fuqaroning biometrik pasporti tiklandi. Qayta o‘rganish natijasida 1116 nafar fuqaroning pasporti topildi. Hozirgi kunda 983 nafar fuqaroning pasportlarini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, 818ta tug‘ilganlik va 12ta o‘lim haqidagi, 291ta nikoh guvohnomalari tiklandi.

Toshqindan talafot ko‘rgan 13 mingdan ziyod aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining banklardan mavjud 186,2 mlrd. so‘mining qaytarish muddati 6 oygacha uzaytirib berildi.

Jami 5,549 pensionerning 3,9 mlrd. so‘mlik pensiya pullari Xalq banki filiallari tomonidan naqd pul shaklida to‘liq yetkazib berildi.

Toshqindan talafot ko‘rgan 541 uyda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirga 13,524 nafar ishchi va 622 transport vositasi jalb qilingan.

Hududlarni aloqa va internet xizmatlari bilan ta’minlash ishlariga 100 ortiq soha, 200 nafarga yaqin harbiy aloqa mutaxassislari va 15ta maxsus texnika jalb qilingan.

Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sababli uzilgan 44ta mobil aloqa baza stansiya faollashtirildi. Suv ostida qolgan 12ta, jami 56ta (97 foiz) mobil baza stansiyaning faoliyati qayta tiklandi.

Uzilishlar yuzaga kelgan hududlarda o‘rnatilgan mavjud jami 86ta baza stansiyalarining 84tasi (98 foiz) faol holatda ishga tushirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar