“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 05:12
ЎЗO‘Z

Toshkentda 2019 yilda tug‘ilgan qizaloq koronavirusdan tuzaldi

20 мая, 16:28 2 155 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda 2019 yilda tug‘ilgan qizaloq koronavirusdan tuzaldi Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, jami 17 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganning 7 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ularning 6 nafari chet eldan (4 nafari Tojikistondan, 1 nafari BAAdan, 1 nafari esa Rossiyadan) kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 8 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 6 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafardan Toshkent shahri, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 44 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yilda tug‘ilgan qizaloqdir.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar tuzalganlarning barchasi erkak (38 yosh, 40 yosh va 47 yosh). Ulardan 2 nafari Farg‘ona viloyatidan bo‘lib, Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. 1 nafari esa Tojikiston fuqarosi bo‘lib, uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisi hisoblanadi. Hozirda ularning barchasi kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 796 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 813 nafarga yetdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 258
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 209
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 93
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 19
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 43
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 53
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 76
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 37
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 267
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 75
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 70
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 83
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 122
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 34
  • Bo‘limlar