“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 16:33
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi aholini Qadr kechasida uyda qolib ibodat qilishga chaqirdi

19 мая, 21:32 1 678 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi aholini Qadr kechasida uyda qolib ibodat qilishga chaqirdi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati mamlakat aholisini Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligida keladigan Qadr kechasini uyda o‘tkazishga chaqirdi.

Fatvo hay’ati tomonidan ta’kidlanishicha, Qadr kechasini har kim o‘z uyida o‘tkazgani sunnatga muvofiq bo‘ladi. Chunki birorta hadisda bu kechada to‘planish, ziyofat qilishga targ‘ib yo‘q. Mujtahid ulamolar va ulardan keyingi olimlarning so‘zlarida ham Qadr kechasi uchun jamlanishni fazilatli amal ekani haqida ma’lumot yo‘q.

Qayd etilishicha, aslida tungi ibodat va zikrlar yolg‘iz holda, odamlarning ko‘z o‘ngidan yiroqda, riyo va sum’adan xoli tarzda ado etilishi bilan fazilatli hisoblanadi.

«Qolaversa, hozirgi karantin qoidalari davom etib turgan vaqtda bir joyga jamoat bo‘lib yig‘ilish o‘z jonini tahlikaga qo‘yishdir. Shuning uchun har birimiz uyimizda qolib, oila davrasida ibodat qilaylik va Qadr kechasini imkon qadar fayzli o‘tkazaylik.

Alloh taolo bu kechadagi duo va ibodatlarimizning barakotidan tez kunlarda yurtimizni har xil kasalliklardan xalos qilib, turli balo-ofatlardan O‘z hifz-u himoyasida saqlasin! Yurtimiz tinchligi va osmonimiz musaffaligi doimiy bo‘lsin!», — deyiladi Fatvo hay’ati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Musulmonlari idorasining Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida taroveh namozlarini uyda o‘qish tavsiya qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 549
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 126
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 92
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 39
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 217
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar