“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 00:57
ЎЗO‘Z

Suv toshqinidan jabr ko‘rgan fuqarolarga psixologik ko‘mak ko‘rsatilmoqda

18 мая, 12:17 2 308 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Suv toshqinidan jabr ko‘rgan fuqarolarga psixologik ko‘mak ko‘rsatilmoqda Mudofaa vazirligi harbiy psixologlaridan tashkil topgan ishchi guruh Sirdaryo viloyatining “Sardoba” suv omborida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida evakuatsiya qilingan fuqarolar bilan ijtimoiy-psixologik tadbirlarni muntazam amalga oshirilib kelmoqda.

Mana shunday xayrli tadbirlarning navbatdagisi Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkazildi. Unda harbiy psixologlar suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi natijasida jabrlangan fuqarolarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilayotgan vahima, qo‘rquv va tushkunlik holatlarini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, jamoaviy va yakka tartibdagi suhbat va psixodiagnostika, shuningdek, xotira, tanishuv, tafakkur trening kabi tadbirlar tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Harbiy psixologlarga shu yil o‘qishga kirishni ko‘zlayotgan abituriyentlikka nomzod yoshlar ko‘proq murojaat qilmoqda. Ular o‘quv darsliklari va boshqa kerakli vositalarni topishlarida biroz qiyinchiliklarga uchrayotgani haqiqat. Shu bois ishchi guruh tegishli tashkilotlar bilan mazkur muammolarni atroflicha hal etish ishlarini olib bormoqda.

– O‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar ofatdan jabrlangan fuqarolarga ma’qul bo‘lyapti. Fuqarolar, ayniqsa yoshlarning axloqiy-ruhiy holatini barqarorlashtirishga qaratilgan mashq va motivatsion tadbirlar ularning sodir bo‘lgan hodisani unutishlariga oz bo‘lsa-da, ko‘maklashadi, – deydi harbiy psixolog leytenant Xolmurod Ergashov.

Aytish kerakki, shu kungacha Mudofaa vazirligi harbiy psixologlaridan tashkil topgan ishchi guruh Mirzaobod, Oqoltin hamda Sardoba tumanlaridagi fuqarolar bilan ko‘plab tadbirlar o‘tkazdi. Bu jarayonda 4 ming 634 nafar fuqaro ishtirok etdi.

Texnogen halokat natijasida jabrlangan aholiga psixologik yordam ko‘rsatish tadbirlari davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 124
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 564
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 146
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 0
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 24
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 58
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 20
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 50
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 98
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 139
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 81
  • Bo‘limlar