“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:25
ЎЗO‘Z

FVV Sirdaryoda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yangi ma’lumot berdi

14 мая, 15:32 3 052 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
FVV Sirdaryoda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yangi ma’lumot berdi Sirdaryoda ekish imkoniyati mavjud maydonlarga Surxondaryo viloyatidan olib kelingan 1 mln. dona sabzavot ko‘chatlarini ekish ishlari boshlandi. Hozirgi kunga qadar 80 ga tomorqa maydonlariga ekin ekish ishlari amalga oshirildi.

FVV xabariga ko‘ra, toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun 281 ta maxsus texnika jalb etilib, 83 ta ko‘chma dizel nasos agregati olib kelindi.

Shuningdek, kirish imkoniyati yuzaga kelgan, sug‘orishda foydalaniladigan 3 ta nasos stansiyasi va 1 ta tik quduqda suv chiqarish, tozalash va kamchiliklarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan:

markaziy tarmoq kanalida 139,4 ming. m3 tuproq qazish ishlari olib borilib, 20,0 ming. m3 damba ko‘tarildi;

o‘ng tarmoq kanalida 28,7 ming. m3 tuproq qazish, 15,8 ming. m3 damba ko‘tarish hamda 100 m3 beton ishlari;

chap tarmoq kanalida 55 ming. m3 tuproq ishlari va 18 ming. m3 damba ko‘tarish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Oqoltin tumanida PR-1-5 va PR-1-4 kanallarida 4,9 ming m3 tuproq ishlari, Mirzaobod tumanidagi SR-9, YUR-9-1-1 va SR-9-2 kanallarida 43 ming m3 tuproq qazish, 8a-k-10, 8a-k-11, 8a-k-9 va 8a-k-9-2 kollektorlarida 52,9 ming. m3 tuproq qazish ishlari bajarilib, 9 dona gidrotexnik inshoot ta’mirlandi.

Bundan tashqari, Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa o‘zani (KTV) va KTR-3 kanallarida 8,8 ming m3 hajmda tuproq ishlari amalga oshirildi.

Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalining talafot ko‘rgan markaziy, o‘ng va chap kanallarining 17 km qismini ta’mirlash uchun 48 mlrd. so‘m zarur bo‘lib, shu kunga qadar 13,0 mlrd. so‘m mablag‘, Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlaridagi irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini ta’mirlash-tiklash uchun 19,1 mlrd. so‘m zarur bo‘lib, shu kunga qadar 1,3 mlrd. so‘m pul mablag‘lari moliyalashtirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar