“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 02:41
ЎЗO‘Z

May oyida yurtimizda qanday ob-havo kutilyapti?

01 мая, 17:25 4 964 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
May oyida yurtimizda qanday ob-havo kutilyapti? «O‘zgidromet»ning yozishicha, mamlakat markaziy hududlarida oyning birinchi yarmida o‘rtacha harorat 24-27 daraja, ikkinchi yarmida 28-31 darajani tashkil qiladi.
Shu bilan birga, mayda xuddi yozdagidek issiq, 33-36 daraja va undan yuqori haroratli kunlar ham bo‘ladi.

Yomg‘irli kunlar soni aprelga qaraganda kamroq, biroq yomg‘irlar qisqa muddatli va deyarli har doim momaqaldiroqli yomg‘ir kuzatiladi.
Bu yilgi may oyining dastlabki kunlaridagi ob-havo aprel oyi oxirining ob-havosini eslatadi.

Bugun O‘zbekistonning janubi-g‘arbiy tumanlariga, bu safar Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan, Turkmaniston orqali nam havo oqimi kirishni boshlaydi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, respublikaning qolgan hududida kechga borib yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin faqat Qoraqalpog‘istonda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bugun yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

2 mayda Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir ertalabgacha to‘xtaydi va kunduzi havo ochiq bo‘ladi. Mamlakatimizning qolgan hududlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘ishi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

3 mayda Qoraqalpog‘iston hamda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari qolgan joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
4 maydan vaziyat yana takrorlanib respublikaning janubi-g‘arbiy tumanlariga navbatdagi nam havo kirish kutilmoqda, keyin ushbu havo oqimi butun respublika hududiga tarqaladi.

4 may kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida, 5-6 may kunlari esa butun respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida bu kunlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

6 may kunlari harorat 23-28 daraja atrofida, yomg‘ir vaqtida 20-25 darajani tashkil qiladi.
7 maydan boshlab to oyning birinchi o‘n kunligi oxirigacha mamlakatimizda ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, harorat ko‘tarila boshlaydi va 10 maygacha 29-32 darajagacha isiydi.

May oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida harorat 30-35 darajadan 22-27 darajagacha o‘zgarib turishi mumkin. Ba’zi kunlarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar ham yog‘ishi mumkin.
ob-havo, O‘zbekiston, may oyi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 126
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 564
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 146
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 36
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 36
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 76
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 38
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 25
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 67
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 53
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 65
  • Bo‘limlar