“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:12
ЎЗO‘Z

Xitoylik ekspert O‘zbekistonning pandemiyaga qarshi kurash tajribasini e’tirof etdi

01 мая, 12:30 3 154 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoylik ekspert O‘zbekistonning pandemiyaga qarshi kurash tajribasini e’tirof etdi Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi huzuridagi Yevroosiyo ijtimoiy rivojlanish instituti mutaxassisi Syuy Tao Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash va uning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni tahlil qilar ekan, “Dunyo” AA muxbiri bilan suhbatda quyidagi asosiy jihatlarni ta’kidlab o‘tdi.

– Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasini tashkil qilishi tufayli aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va bemorlar sog‘lig‘ini tiklash bo‘yicha zarur vazifalarni o‘z vaqtida bajarish imkonini berdi.

Ikkinchidan, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga yordam beradigan shoshilinch cheklov choralarining o‘z vaqtida qabul qilinganini ta’kidlash lozim. Shahar va hududlar bo‘ylab harakatlanishning cheklanishi, barcha turdagi yo‘lovchi tashish transporti harakatlanishi hamda turli ommaviy tadbirlar o‘tkazishning to‘xtatilganini bunga misol qilib keltirish mumkin.

Uchinchidan, koronavirus infeksiyasining mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tizimli kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi alohida ahamiyatga ega. O‘zbekiston pandemiyaning mamlakat va dunyo uchun qanday jiddiy iqtisodiy oqibatlarga olib kelishini o‘z vaqtida anglab etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni alohida ahamiyatga egadir. Boisi ushbu hujjatda aniq va samarali choralar, xususan, mumkin bo‘lgan iqtisodiy yo‘qotishlar o‘rnini qoplash, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash kabi masalalar ko‘zda tutilgan.

Xususan, unda soliq to‘lovlari va kredit qarzlari uchun imtiyozlar berish, koronavirus ko‘proq ta’sir ko‘rsatgan sohalarga budjet ssudalarini berish vazifalari qayd etilgani diqqatga sazovordir. Ular orasida turizm, transport, yengil sanoat va boshqa sohalar bor.

Shuni alohida ta’kidlash kerak, O‘zbekiston rahbariyati aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida karantindagi muassasalar ishchilari, karantindagi fuqarolar va ularga qarashli shaxslar huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonini kamida 10 foizga ko‘paytirish vazifasini qo‘ydi.

Umuman olganda, mazkur vazifalarning barchasi epidemiyaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’sirini kamaytirishga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar mamlakatda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq barcha qiyinchiliklarni samarali yengishib o‘tish imkonini beradi.
pandemiya, O‘zbekiston, kurash tajribasi




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 137
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar