“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 13:17
ЎЗO‘Z

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

27 apr, 16:16 4 281 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi Bugun O‘zbekistonning katta qismida ob-havo issiq bo‘ladi. Soat 10da havo harorati kechagi maksimumdan yuqori bo‘ldi, kun o‘rtasiga kelib esa havo 34 darajagacha, janubda va cho‘l zonasida 37 darajagacha isiydi. Bugun bu yilgi shu vaqtgacha bo‘lgan aprelning eng issiq kuni bo‘ladi.

«O‘zgidromet»ning yozishicha, eng issiq yillarda Toshkentda aprel oyi oxirida havo harorati 34-35 darajagacha ko‘tarilgan, 2006 yil 27 aprelda esa 36,4 darajani tashkil qilib aprel haroratining mutlaq rekordiga erishgan.

Bugun faqat respublikaning shimoliy tumanlariga navbatdagi nam havo oqimi kiradi va kechga borib Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat boshqa joylarga qaraganda pastroq — 23-28 daraja atrofida bo‘ladi. Bugun kechasi va ertaga ertalab respublikaning shimoliy tumanlarida yomg‘ir davom etadi, shuningdek Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Ertaga kunduzi yog‘ingarchilik zonasi respublikaning markaziy va janubiy hududiga ko‘chadi. 28 aprelda kunduzi va 29 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida vaqti — vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 28 aprelda ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 29 aprel kechga borib yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika hududi bo‘ylab bosim ko‘tariladi harorat esa pasayadi va 29 aprelda 20-25 darajani tashkil qiladi.

30 aprelda va 1 may kuni butun O‘zbekiston hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, 2 mayda esa ikki kunlik tanaffusdan so‘ng mamlakatda yana yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu kunlarda harorat 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.
ob-havo, haftalik, O‘zgidromet




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 1
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 1
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 11
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 15
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 62
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 57
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 24
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Bo‘limlar