“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:13
ЎЗO‘Z

Karantin munosabati bilan yangi choralar e’lon qilindi

15 apr, 07:38 5 797 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin munosabati bilan yangi choralar e’lon qilindi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti O‘zbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi tarqalishiga qarshi kurash borasida davlat organlari hamda jamoatchilikning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan ishlar MDH davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichda tashkil etilganligini alohida e’tirof etgani ham amalga oshirilayotgan ishlarga berilgan ijobiy baho bo‘ldi.

Karantin sharoitida fuqarolarimizning belgilangan tartib-qoidalarga ongli ravishda qat’iy rioya etayotganligi koronavirus pandemiyasi tarqalishini jilovlashda muhim omil bo‘lmoqda. Shu bilan birga Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga asosan koronavirus pandemiyasi tarqalishini cheklash borasidagi faoliyatni samarali tashkil etish bu borada yana qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilashni taqozo etmoqda.

Shu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus shtabning 2020 yil 14 apreldagi qo‘shma yig‘ilishi qaroriga asosan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish va e’lon qilingan karantin talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan quyidagi choralar belgilanmoqda:

Qo‘shma qarorda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi 17-son bayoni bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatini amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq turli tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida quyidagi avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmasligi alohida ko‘rsatib o‘tildi:

- davlat sog‘liqni saqlash tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari (1-band);
- xususiy tibbiyot tashkilotlari (xususiy klinika, dorixona va boshqa tibbiyot tashkilotlari)ning xizmat avtotransport vositalari (2-band);
- yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilar (shu jumladan, shaxsiy davlat raqamli avtotransport vositalari) yo‘lovchilarsiz, yetkazib berish xizmati ko‘rsatish maqsadida (4-band) harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma (stiker) talab qilinmaydi.

Shuningdek, qo‘shma qarorda Davlat soliq qo‘mitasiga oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar, shuningdek, birinchi navbatdagi zarur mahsulotlar yetkazib berish xizmati ko‘rsatishda narxlarning asossiz ravishda ko‘tarilishining oldini olish choralarini ko‘rish topshirildi.

Qo‘shma qarorga muvofiq, karantin davrida nogironlik muddati tugaydigan fuqarolarni qayta ko‘rikdan o‘tkazmasdan, nogironlik muddatlari avtomatik tarzda uzaytirilgan holda pensiya (nafaqa) to‘lovlari davom ettiriladi.

Shuningdek, karantin davrida pensiya va nafaqa (jumladan, dafn marosimi va bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa)larga huquqi paydo bo‘lgan fuqarolarga, karantin tadbirlari tugagandan keyin 1 oy davomida Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlariga murojaat etish huquqi taqdim etiladi, bunda ularga pensiya (nafaqa)lar karantin cheklovlari davridagi huquqi paydo bo‘lgan sanadan tayinlanadi.

Bank plastik kartalari va ishonchnoma orqali pensiya (nafaqa) olayotgan hamda tayinlangan pensiya (nafaqa)ga bo‘lgan huquqini tasdiqlash muddati kelgan, shaxsni tasdiqlovchi hujjati (pasport) muddati tugagan fuqarolardan hujjat talab etmasdan, to‘lov muddatlari 4 oy muddatga uzaytiriladi.

Iqtisodiyot tarmoqlarining muhim yo‘nalishlari va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarini faoliyatini davom ettirish, shuningdek, yirik qurilish ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini davom ettirish (boshlash)ga Respublika maxsus komissiyasining hududiy shtablari rahbarlarining qaroriga (yig‘ilish bayoni) muvofiq ruxsat berilishi belgilandi.

Bunda ushbu tashkilotlarning faoliyati davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilishi, o‘z faoliyatini faqatgina tegishli ob’ekt hududi doirasida tashkil etishi, shuningdek, ularni ovqatlantirishni mazkur ob’ekt hududida tashkillashtirish uchun shaxsiy javobgarlik tegishli xo‘jalik birlashmasi rahbari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar