“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 00:24
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda aprelda ob-havo qanday bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot

03 apr, 10:20 4 137 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda aprelda ob-havo qanday bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot Kuni kecha bahorning birinchi oyi yakunlandi. Bu yil mart oyida ob-havo osoyishta bo‘ldi.

Oyning birinchi o‘n kunligi o‘rtasida sovuq havo to‘lqini kuzatildi, harorat kechasi 0-3 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasaydi. Ikkinchi o‘n kunligidan boshlab harorat tez ko‘tarildi va ayrim kunlarda hatto 23-28 darajagacha yetib, ko‘proq martga qaraganda aprel oyi oxirini eslatdi.

Martning birinchi yarmida yomg‘irlar juda kam kuzatildi va kuchsiz yog‘di. Martning ikkinchi yarmida yomg‘irlar ko‘proq yog‘ib, ayrim kunlarda ancha kuchli bo‘ldi. Masalan, Toshkentda 21 martda sutka davomida yoqqan yomg‘ir 20 mm ni, ya’ni bir oylik yog‘inlar miqdorining deyarli uchdan birini tashkil qildi.

Umuman olganda mart oyi me’yorga nisbatan 1-3 darajaga iliqroq, yog‘inlar miqdori esa respublikamiz hududining katta qismida o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan kamroq bo‘ldi.

Aprel oyining ilk kunlari ham o‘tdi. Ob-havo beqaror bo‘ladigan haqiqiy bahor kelganini his qilmoqdamiz. Apreldagi yomg‘irlar asosan lokal xarakterga ega bo‘ladi. Shunga ko‘ra 3 aprelda faqat respublikamiz shimoli — Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 4 aprelda janubi-g‘arbiy hududlar — Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida, 5 va 6 aprelda esa shimoliy hududlar va Farg‘ona vodiysidan tashqari respublikamizning qolgan hududida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shu davrda harorat 17-22 daraja iliq atrofida, ayrim kunlarda 23-25 darajagacha iliq bo‘ladi.

Keyinchalik, qisqa tanaffusdan keyin O‘zbekistonda yana yomg‘irli davr bo‘lishi kutilmoqda. Undan so‘ng aprelning oxirigacha quruq va iliq davrlar ob-havo beqaror bo‘ladigan yomg‘irli davr bilan almashib turadi. Yomg‘irlar asosan qisqa muddatli bo‘lib, momaqaldiroq bo‘ladi va shiddatli shamol esadi.

Kunduzgi harorat 20-25 darajadan 25-30 daraja issiqqacha o‘zgarib turadi, aprel oyining oxirgi o‘n kunligida 30-33 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Ayrim kunlarda yomg‘ir yog‘ayotganda haroratning 13-18 darajagacha pasayish ehtimoli yo‘q emas.

Umuman, aprel harorat rejimi bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin, ayrim joylarda odatdagidan 1-2 daraja iliq va o‘rtacha nam bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aprel oyi yilning eng yog‘inli oylaridan biri hisoblanadi. Odatda, aprelga qaraganda faqat mart oyi yog‘inlar bo‘yicha ustun turadi. O‘tgan 2019 yil aprel oyi esa eng yog‘inli, mamlakatimizning ayrim mintaqalarida esa O‘zbekistondagi butun meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida eng yog‘inli deb qayd etilgan.
O‘zbekiston, aprel, ob-havo




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 507
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 10
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 8
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 57
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 52
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 22
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 18
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 71
  • Bo‘limlar