“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:39
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda karantin muddati qachon tugashi noma’lum

01 apr, 17:00 5 666 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda karantin muddati qachon tugashi noma’lum Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda karantin davri qachon tugashi mumkinligi to‘g‘risidagi savolga javob berdi.
«Karantin kasallikning yashirin davri uchun belgilangan muddat hisoblanadi. Shuning uchun karantin davrini tugatish masalasi eng oxirgi aniqlangan bemor ham shifoxonaga yotqizilib, alohidalangandan 14 kun o‘tgandan so‘ng unda va boshqa hech kimda kasallik aniqlanmaganiga to‘liq ishonch hosil qilingandan so‘ng ko‘rib chiqiladi.

Karantin davrini tugatish Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi», deya ma’lumot berdi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15 mart kuni koronavirusdan zararlangan ilk bemor aniqlanishi ortidan 16 martdan cheklov choralari joriy etila boshlandi. Avvaliga barcha ta’lim muassasalari yopildi, keyinroq O‘zbekiston xalqaro transport aloqalarini to‘xtatdi, mart oyining so‘nggi o‘n kunligi davomida ko‘p kishi to‘planadigan turli tadbirlar bekor qilindi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopildi, oy oxiriga kelib mamlakatda tibbiy niqobda yurish majburiy qilib qo‘yildi, viloyatlararo transport harakati cheklandi, shaxsiy avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlandi, fuqarolarga zaruratsiz uydan chiqmaslik tavsiya etilmoqda.

Respublika maxsus komissiya tomonidan joriy etilgan qat’iy choralar 20 aprelga qadar amalda bo‘lishi ko‘zda tutilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar