“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 17:41
ЎЗO‘Z

1 apreldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

25 mar, 12:34 5 478 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 apreldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi? Toshkentda ikkilamchi bozordan uy olish huquqi, tan olinadigan fuqarolik, adliya tizimiga qaytayotgan «ZAGS», kengaytirilayotgan elektron davlat xizmatlari va boshqalar.

2020 yil 1 apreldan boshlab kutilayotgan ayrim o‘zgarishlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Toshkentdan propiskasiz uy sotib olish mumkin bo‘ladi
Prezidentning shu yil 2 martda imzolagan farmoniga asosan 2020 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartib joriy etiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini bekor qilish mo‘ljallanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tartibni joriy etishni ko‘zda tutuvchi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini yanada soddalashtirish to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Muhokama shu yilning 31 martiga qadar davom etishi nazarda tutilsa, mazkur masalaning ijrosi bo‘yicha belgilangan muddat buziladi.

Ayrim fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston fuqaroligini tan olish boshlanadi
Shu yilning 13 mart kuni tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonun ayrim qoidalari 1 apreldan boshlab kuchga kiradi.

Jumladan, 1995 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o‘tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi asosida yashab turgan shaxs istak bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.

Ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari deb tan olingan bola ham yuqoridagi asoslarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.

FXDYO organlari adliya tizimiga qaytadi
Prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938 sonli farmoni bilan 2020 yil 1 apreldan FHDYOlar adliya tizimiga, ya’ni Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.

Bunda, agentlikka FHDYO organlari ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish, «FHDYOning yagona elektron arxivi» axborot tizimini yuritish va FHDYO organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik bo‘yicha funksiyalar yuklanadi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentining 2018 yil 12 iyundagi «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-3785-son qaroriga muvofiq, FHDYO organlari tumanlar (shaharlar) hokimiyatlari tasarrufiga o‘tkazilgan edi.

Hududlardagi 1 ming 576 nafar og‘ir turmush sharoitidagi, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar arzon uy-joylar bilan ta’minlanadi

Davlat dasturining 204-bandiga muvofiq, 1 aprelga qadar hududlarda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar arzon uy-joylar bilan ta’minlanadi. Bunda Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan uy-joylarning boshlang‘ich badal to‘lovini qurilish kompaniyalariga o‘tkaziladi. Band ijrosi uchun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’ul etib belgilangan.

Onlayn davlat xizmatlarini ko‘rsatish kengaytiriladi
Prezidentining 2020 yil 31 yanvardagi PF-5930-son farmoniga muvofiq quyidagi davlat xizmatlari 2020 yil 1 apreldan Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatiladi:

Ruhiy va Narkologiya dispanser ma’lumotnomalari Davlat xizmatlari markazlari orqali beriladi
Vazirlar Mahkamasining shu yil 10 yanvardagi «Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga ma’lumotnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»18-sonli qaroriga muvofiq 1 apreldan boshlab Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning hisobda turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish amaliyoti bekor qilinadi.

Fuqarolarga Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi.

Narkologiya va ruhiy kasalliklarga chalingan fuqarolar hisobi faqat elektron shaklda yuritiladi.
Ayrim tumanlarda yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun shaffof va ochiq tanlov o‘tkazish orqali ajratish mexanizmi joriy etiladi

Prezidentning shu yil 28 yanvardagi PQ-4575-sonli qaroriga asosan 2020 yil 1 apreldan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati Qibray va Toshkent tumanlari, Farg‘ona viloyati Farg‘ona va Oltiariq tumanlari hamda Qashqadaryo viloyati Kitob va Nishon tumanlarida:

- jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun shaffof va ochiq tanlov o‘tkazish orqali ajratish mexanizmi joriy etiladi;
- jismoniy va yuridik shaxslarga keyinchalik tanlovga qo‘yish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish huquqini taqdim etgan holda maxsus geoportal orqali yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish huquqi beriladi;
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish huquqining bozor qiymatini baholash hamda ulardan soliqqa tortishda foydalanish mexanizmi joriy etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 131
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 209
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 227
  • So'nggi yangiliklar
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 1
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 0
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 0
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 0
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 14
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 13
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 51
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 22
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 64
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 60
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 32
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 66
  • Bo‘limlar