“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:08
ЎЗO‘Z

Bahrom Almatov: «Bemorlar to‘liq sog‘ayganidan keyin ham 2 hafta shifoxonada saqlanadi»

22 mar, 19:47 3 186 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bahrom Almatov: «Bemorlar to‘liq sog‘ayganidan keyin ham 2 hafta shifoxonada saqlanadi» Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, bemor to‘liq sog‘ayganidan keyin ham unda kasallik yuqtiruvchi viruslar saqlanib turadi. Buni hisobga olgan holda hukumatimiz oldiga davolanishdan keyin ham yana 2 haftalik reabilitatsiya chora-tadbirlari rejasini qo‘ydik.

Kun.uz muxbiri koronavirus mavzusidagi navbatdagi brifingdan so‘ng Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan qisqa suhbat uyushtirdi.

– Bahrom aka, muassasalarga murojaatlar qanday bo‘lyapti?
– Bir kun davomida tizimimizdagi laboratoriyalarga o‘zida koronavirus infeksiyasida shubhalanib, o‘rtacha 200-300 kishi murojaat qilib turibdi. Bunday fuqarolardan namunalar olinib, tekshirishlar o‘tkazilmoqda. Barcha tekshirishlar bepul. Tekshirish ishlari asosan ekspress uslub orqali o‘tkaziladi va 4-5 soat davomida javobi olinadi. Ya’ni murojaat qilgan fuqaro o‘rtacha 5 soatda o‘zida koronavirus bor-yo‘qligini bilib oladi.

Endi tekshirishni yanada tezroq o‘tkazadigan boshqa ekspress-testlar ham bor. Lekin bu usullar kasallikni erta [bosqichda] aniqlamaydi. Vaholanki kasallik avjiga chiqqanda, boshqa belgilar paydo bo‘lganda, aytaylik qon tahlili 20 daqiqada ham javob berishi mumkin.

Bizga tadbirkorlar tomonidan [testni tezroq o‘tkazish bo‘yicha] ko‘plab murojaatlar kelib tushyapti. Lekin shunga qaramay biz qon orqali tekshirish usulidan voz kechganmiz. Chunki davlatimizda kasallik [nisbatan] kam qayd etilyapti. Ushbu kasallik keng tarqalib ketishining oldini olishda biz uchun barvaqt aniqlash chora-tadbirlari o‘ta muhim.

– Umuman, kasallik to‘liq tuzalgangani qanday ko‘rsatkichlarga ko‘ra ma’lum bo‘ladi? Ya’ni bemorlar qanday holatda sog‘aygan hisoblanadi?
– Birinchi navbatda kasallik belgilariga e’tibor berishimiz kerak. Tana harorati, quruq, yo‘tal, nafas qisishi, holsizlik, ayrim hollarda ich ketishi. Keyinchalik virus o‘pkaga o‘tadi, belgilari nisbatan tez rivojlanadi. O‘pkada asorat berganidan keyin davolanish qiyin kechadi. Pnevmoniyada antibiotiklar va juda ko‘p simptomatik davo choralari qo‘llanadi. Kasallik belgilari tugaganidan keyin, o‘pkadagi biriktiruvchi to‘qima so‘rilib ketguncha ham ma’lum muddat o‘tadi. Bu bemorning umumiy ahvoli, yoshi, qabul qilgan dori-darmonlari va hatto yegan ovqatiga ham bog‘liq.

O‘z vaqtida davolanganidan so‘ng, kasallikdan sog‘ayganidan keyin ham bemorlarni 2 hafta saqlab turmoqchimiz. Chunki tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, bemor to‘liq sog‘ayganidan keyin ham unda kasallik yuqtiruvchi viruslar saqlanib turadi. Buni hisobga olgan holda hukumatimiz oldiga to‘liq davolanishdan keyin ham yana 2 haftalik reabilitatsiya chora-tadbirlari rejasini qo‘ydik.

Abror Zohidov suhbatlashdi




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar