“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:14
ЎЗO‘Z

Toshkentda IIB xodimlari koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish vaqtida 13 fohishani ushladi

20 mar, 23:51 5 978 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda IIB xodimlari koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish vaqtida 13 fohishani ushladi Toshkent shahar IIBB xodimlari 20 martga o‘tar kechasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan bir qator tadbirlarni o‘tkazdi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

«Spa-salonlar, tungi klublar, diskotekalarda o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar davomida ushbu muassasalarning rahbarlariga faoliyatni vaqtincha to‘xtatib turish maqsadga muvofiq tushuntirib berildi», — deyiladi IIBB axborotida.

Qo‘shimcha qilishlaricha, ushbu tadbirlar davomida fohishalik bilan shug‘ullanishda gumon qilingan 13 nafar qiz aniqlangan.

«E’tiborli tomoni, ularning bir necha nafari muqaddam Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (fohishalik bilan shug‘ullanish) bo‘yicha javobgarlikka tortilgan», — deya ta’kidlanadi rasmiy axborotda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi 19 mart kuni mamlakatda massaj salonlari, diskotekalar, diskobarlar, bolalar o‘yin zallari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan edi.
Ushbu yangilik yuzasidan bayonot berarkan, Davlat soliq qo‘mitasi «tadbirkorlik sub’ektlaridan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga xayrixoh bo‘lishni» so‘ragan, aholiga «karantin davrida bunday muassasalarga tashrif buyurmaslikni» tavsiya qilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 20 mart soat 20:00 holati bo‘yicha 33 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar