“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 05:21
ЎЗO‘Z

To‘y va marosimlar to‘xtatiladi, choyxona va oshxonalar yopiladi

20 mar, 23:38 6 593 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘y va marosimlar to‘xtatiladi, choyxona va oshxonalar yopiladi Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz hududida bemorlar yoki kasallikka shubha qilingan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash va respublika bo‘ylab kasallikni tarqalishini oldini olish maqsadida, shuningdek majlisda ko‘rilgan boshqa masalalar yuzasidan respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishining qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 21 martdan e’tiboran barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan mavjud ko‘ngil ochar ob’ektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, choyxona, oshxona (uyga eltib berish xizmati bundan mustasno) karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati turlari koronavirus kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to‘xtatiladi.

Shuningdek, 23 martdan boshlab «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq mamlakatimiz fuqarolarini sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilinadi. Ushbu marosimlarni zarur bo‘lgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlari bilan birga 10-15 kishi ishtirokida o‘tkazish tavsiya etiladi.

Majlisda ayni paytda chet ellarda bo‘lib turgan fuqarolarni mamlakatimizga qisqa vaqtlar ichida olib kelish va ularni belgilangan tartibda 14 kun karantinda saqlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar atroflicha muhokama qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 554
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 110
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
    1. Sabina 24 марта 2020 10:53
      To'y marosimlar uchun qachondan ruxsat beriladi?????
    Bo‘limlar