“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:41
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston hukumati YEOIIga kuzatuvchi-davlat sifatida qo‘shilishga qaror qildi

07 mar, 08:41 3 067 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston hukumati YEOIIga kuzatuvchi-davlat sifatida qo‘shilishga qaror qildi Foto: RIA Novosti
Vazirlar Mahkamasida 6 mart kuni mamlakatning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bilan hamkorligi yuzasidan olib borilgan tahliliy va kompleks baholash ishlari yakuni bo‘yicha tegishli xulosa va takliflarni Oliy Majlis palatalariga kiritish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida ushbu muhim masala hukumat tomonidan Oliy Majlis palatalari muhokamasiga kiritilishi va xalq vakillari bilan batafsil ko‘rib chiqilishini ma’lum qilib, bunda eng avvalo, xalqning manfaatlaridan kelib chiqib, ularning xohish-irodasiga tayanish lozimligini alohida ta’kidlagan edi.

Qayd etilganidek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar samarasi jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashish, ayniqsa, hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga bog‘liq. Chunki, iqtisodiy integratsiya mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish, tannarxni pasaytirish, yangi texnologiyalar olib kelish, tranzit savdoni kengaytirish, bozor islohotlarini jadal rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bugungi globallashuv jarayonida mamlakatimiz jahon ishlab chiqarish tizimi, xalqaro bozor talablari va iqtisodiy integratsiya jarayonlariga hamohang bo‘lishi lozim.

O‘zA xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning YEOII bilan hamkorligini atroflicha o‘rganish va chuqur tahlil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan iqtisodiy integratsiya masalasida mamlakat iqtisodiyotining yirik 16 tarmog‘ida o‘rganish ishlari olib borildi.

Yig‘ilishda mazkur masala bo‘yicha yetakchi mustaqil konsalting kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining izlanishlari, xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan bildirilgan taklif va xulosalar ko‘rib chiqildi.

Bunda O‘zbekistonning YEOII bilan hamkorligi doirasidagi iqtisodiyotning yirik tarmoqlari, jumladan, sanoat, tashqi savdo siyosati, bojxona-tariflarini tartibga solish mexanizmi, mehnat migratsiyasi, standartlashtirish va veterinariya, sanitariya, fitosanitariya nazorati singari ko‘plab masalalar bo‘yicha ekspertlarning xulosalari o‘rganib chiqildi.

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti va YEOIIga integratsiya jarayonlari o‘zaro bog‘liqligi qayd etildi. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikning O‘zbekiston milliy iqtisodiyotiga ta’sirini kompleks o‘rganish natijasida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘ladigan chora-tadbirlar belgilandi hamda YEOII bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilish taklifi ma’qullandi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha tahliliy va kompleks baholash ishlari asosida ishlab chiqilgan xulosa va takliflarni Oliy Majlis palatalariga taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar