“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:10
ЎЗO‘Z

Dam olish kunlari O‘zbekistonda iliq ob-havo kuzatiladi

21 fev, 14:37 3 930 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dam olish kunlari O‘zbekistonda iliq ob-havo kuzatiladi Bugun respublika hududiga Kaspiy dengizidan Turkmaniston orqali harakatlanayotgan «Janubiy Kaspiy sikloni» kirmoqda, natijada Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilmoqda.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, kun davomida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir kechga borib yog‘ishi kutilmoqda.

Qolgan joylarda ob-havo quruq va iliq bo‘ladi. Harorat 12-17 daraja atrofida bo‘lib, shu kun uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4-5 darajaga yuqoridir.

Shanba kuni mamlakatning markaziy qismidagina (Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha) yomg‘ir yog‘adi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 8-13 darajagacha pasayadi va me’yorga yaqinlashadi.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga Turkmaniston tomondan yana iliq va nam havo oqimi kiradi. Respublikaning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzgi harorat yana ko‘tarilib, 12-17 daraja iliqni tashkil qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 528
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar