“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 01:18
ЎЗO‘Z

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonni Umraga boruvchilar uchun xabga aylantirmoqchi

19 fev, 23:53 9 665 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saudiya Arabistoni O‘zbekistonni Umraga boruvchilar uchun xabga aylantirmoqchi Foto: «Daryo»
O‘zbekistonda Hidaya Airlines nomli yangi aviakompaniya ochilishi rejalashtirilyapti. Ushbu aviakompaniya O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida Umra safari uchun bevosita parvozlarni hamda «Umra+» dasturi bo‘yicha Indoneziya, Hindiston, Malayziya, Bangladesh kabi davlatlardan Umra ziyoratiga boruvchilarning O‘zbekiston orqali parvoz qilishlarini ta’minlaydi. Bu haqda 19 fevral, chorshanba kuni, Toshkentda o‘tkazilgan Uzbekistan Airports, Aviation & Logistics Forum (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumida ma’lum qilindi, deya xabar berdi «Daryo».

Tadbirda Saudiya Arabistonidagi Al Hidaya Global Group kompaniyasi direktori Solih Solim Bahviniy so‘zga chiqib, yangi aviakompaniya loyihasi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Mazkur xalqaro forumga dunyo aviatsiya bozori va yangi g‘oyalar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdik. Shuningdek, o‘zimiz ham bir qancha loyihamiz bilan keldik. Yurtingizda «Umra+» dasturi va tarixiy turizmni rivojlantirishga katta talab bor. Shu bois ham o‘z loyihamiz orqali «Umra+» sayohatini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu loyiha O‘zbekistondagi diniy mahkama bilan amalga oshiriladi.

Bilasizlar, ko‘plab musulmonlar Umraga borishni niyat qiladi va shunga intiladi. Statistikaga ko‘ra, 2019 yil 1 sentabridan 2020 yilning 16 yanvarigacha Pokistondan 600 ming, Indoneziyadan 5 mingdan ortiq, Hindistondan 450 mingdan ziyod, O‘zbekistondan 800 ming kishi Umra ziyoratiga borgan. Saudiya Arabistoni hukumati bu ko‘rsatkichni 2030 yilgacha 30 millionga yetkazishni maqsad qilgan.

Kompaniyamiz loyiha orqali dunyodagi musulmonlar va Islom mamlakatlaridan Umraga boruvchilar sonini hamda aviakompaniyaning yo‘lovchi tashishini 10 foizga oshirmoqchi. Bundan tashqari, ziyoratchilarning O‘zbekistondagi tarixiy maskanlar — Imom Buxoriy, Termiziy kabi qadimiy maqbaralarga ham kelishini ta’minlamoqchimiz.

Ya’ni, biz Toshkentdan xab sifatida foydalanish niyatidamiz. Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Bangladesh singari mamlakatlardan Umra safariga boruvchilar O‘zbekiston orqali parvoz qilishlarini tashkillashtirish niyatidamiz. Ziyoratchilar bir necha kun Buxoro va Samarqandda bo‘lishib, so‘ngra Umraga parvoz qilishadi. Ular o‘z mamlakatlariga yana xab orqali qaytishadi.

Qisqasi, Toshkent va Samarqand shaharlari bizning Markaziy Osiyodagi xabimiz bo‘ladi. Mazkur loyiha va hamkorligimizni Saudiya Arabistoni hukumati ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Haj va Umra chiptalari narxini pasaytirish ham rejamizda bor», — dedi Solih Solim Bahviniy.

Mazkur biznes loyiha haqida bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov shunday dedi: «Bu juda ham yaxshi va o‘rinli taklif. Al Hidaya Global Group kompaniyasi ko‘p yillardan beri O‘zbekiston Musulmonlar idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlik qilib keladi. Ular O‘zbekistondagi ziyorat turizmi bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganib chiqib, biznes taklif bilan chiqishdi.

Loyiha natijasida yiliga kamida 300 ming ziyoratchilar O‘zbekistonda bir necha kecha qolib, yurtimizning diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi. Kompaniya yurtimizda ro‘yxatdan o‘tadigan aviakompaniyani tashkil etmoqchi. Ularning o‘z samolyotlari bor. Albatta, bunda O‘zbekiston iqtisodiyotiga foyda bo‘ladi. Hozircha kompaniya «Umra+» dasturi bo‘yicha faqat xorij fuqarolariga xizmat ko‘rsatmoqchi».




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 0
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • Bo‘limlar