“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:01
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda «2019 yil odami» deb topildi

17 fev, 18:36 2 888 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda «2019 yil odami» deb topildi 17 fevral kuni O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasida Prezident Shavkat Mirziyoyevga «Ala-Too Ayimdari» («Ola-Tau xonimlari») ekologik harakati tomonidan «2019 yil odami» unvonini berilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Respublika rahbariyati topshirig‘iga binoan maxsus mukofot va diplom qabul qilish uchun Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Bishkek shahriga tashrif buyurdi. Tadbirda «Ala-Too Ayimdari» harakati rayosati a’zolari, sobiq SSSR xalq artisti Kayirgul Sartbayeva va xalq yozuvchisi Gulsayra Mominova, Qirg‘iziston hukumati, parlamenti va mintaqaviy ma’muriyatlarida yuqori lavozimlarda ishlagan qirg‘iz va o‘zbek hamjamiyatlarining nufuzli vakillari, O‘zbekistondagi sobiq qirg‘iz diplomatlari, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi, yetakchi elektron va bosma nashrlar, markaziy radio va televideniye kanallari vakillari, siyosatshunos ekspertlar ishtirok etdilar.

Marosimda «Ala-Too Ayimdari» harakati rahbari Jipargul Bargibayeva qardosh O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va etnik ozchiliklarning huquqlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiq va konstruktiv siyosati tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi chegara masalasi qisqa vaqt ichida deyarli hal qilindi.

«Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov O‘zbekiston Prezidenti nomidan «Ala-Too Ayimdari» harakatiga va u orqali shaxsan qardosh Qirg‘iziston xalqiga O‘zbekiston rahbarining o‘zaro manfaatli o‘zbek-qirg‘iz hamkorligini mustahkamlashdagi xizmatlari e’tirof etilgani uchun samimiy minnatdorlik va chuqur hurmatni izhor etdi»,- deyiladi TIV xabarida.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar