“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 22:34
ЎЗO‘Z

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 20 darajagacha ko‘tariladi

07 fev, 19:00 3 517 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 20 darajagacha ko‘tariladi Dam olish kunlari mamlakat hududida avvalgidek havo ochiq, harorat 17-20 daraja iliq bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 10-12 darajaga yuqoridir.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, shiddat bilan esganda shamol tezligi sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga O‘rta Yer dengizi ustida shakllangan siklon kirishni boshlaydi. Respublika bo‘ylab shamolli ob-havo saqlanib turadi, hamma joyda bulutlilik ortadi.

Shimoli-g‘arbiy tumanlar va cho‘lli hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Markaziy va janubiy tumanlar, shuningdek Toshkentda kechga yaqin kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Havo harorati biroz pasayadi, lekin shunga qaramasdan me’yordan yuqori bo‘ladi: kechasi 4-7 daraja iliq, kunduzi 14-17 daraja iliq, ayrim joylarda harorat 20 darajagacha ko‘tariladi. Faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat keskin pasayib, 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • Bo‘limlar